Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyatli dasturchi boʻlmoqchimisiz? Unda ushbu jihatlar | Portfolio | Ikrom Azamatovich

Muvaffaqiyatli dasturchi boʻlmoqchimisiz?

Unda ushbu jihatlarga ega boʻlishingiz kerak:

1. Intizom
Dasturchilar uchun birinchi navbatda motivatsiya emas, kuchli intizom kerak boʻladi. Chunki motivatsiya tashqi faktorlarga, kayfiyatga bogʻliq boʻladi.

Misol uchun, harbiy xizmatdagi askarlar ertalab soat 5:00 da uyqudan turib yugurishadi. Ularni ertalab turib yugurishga motivatsiya emas, intizom majbur qiladi.

2. Sabrli boʻling
Dasturlash boʻyicha kurslarni bitirib, birdaniga katta pul topaman deb qiziqmang. Koʻproq tajriba orttirishga harakat qiling.

3. Qattiq mehnat
Koʻpchilikda savol tugʻiladi: Professional dasturchi boʻlish uchun kuniga necha soat vaqt ajratish kerak?
— 1 soatmi?
— 2 soatmi?
Dasturlashga kirganingizdan soʻng maksimal tarzda vaqt ajrating.

Oʻzingiz kichik loyihalar qilib koʻring, boʻsh vaqtingiz qolmasin va koʻproq mehnat qiling.

https://t.me/Kopirayter_Ikrom