Get Mystery Box with random crypto!

Kopirayter fikri

Telegram kanalining logotibi kopirayter_fikri — Kopirayter fikri K
Telegram kanalining logotibi kopirayter_fikri — Kopirayter fikri
Kanal manzili: @kopirayter_fikri
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17
Kanalning ta’rifi

Kopirayting va marketingga oid barchasi haqida gaplashamiz!
Professionalikga davoim yoʻq, hozircha:)
Murojaat uchun: @portfoliosiz_kopirayter

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-27 13:36:17 Pul siz uchun motivatsiyami?

Yoʻq deyishga shoshmang xurmatli kopirayterlar!

Quyidagi ma'lumotlar fikringizni oʻzgartirsa ajab emas!

Yuqori salohiyatli top 10% ga kiruvchi kopirayterlar yiliga oʻrtacha $121.670 ishlab topadi.
Ular orasida milliarderlar siz oʻylagandan koʻproq!

t.me/Matvatsa.uz
61 viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2023-02-27 12:57:29 Oʻrtoq boshliq! Mijozlar bilan toʻgʻri suhbatlashishni qachon oʻrganamiz?

Mijozlarimiz bilan mustahkam munosabat oʻrnatish uchun,
ularga yoqadigan soʻzlarni va ohanglarni ishlata olishimiz darkor.
Oʻz sahifalarimizda mijozlarimiz hissiyotlariga matnlar orqali taʼsir qilishimiz - sotuvni bir necha marotaba oshiradi!

Buning uchun menga vaqt va ozroq mullajiring berishingiz lozim boʻladi.
Men esa kopirayting kursini tamomlab, mijozlarimiz bilan dildan suhbatlashishni boshlayman!

t.me.rahbarimga_aytar_soʻzlarim.uz
62 viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2023-02-26 10:42:20
Afzalliklarni ifodalay olasizmi?

Afzalliklar (benefits)

Afzalliklar barcha yaxshi kopiraytinglarning kalitidir. Qisqasini aytganda, afzalliklarga e'tibor qaratgan kopirayting ishonchliroq, jozibaliroq va xaridorgir boʻladi.
Mahsulot yoki xizmatingizning eng muhim va dastlabki afzalligi ehtiyojni qondirishidir.

Afzalliklarni aniq va hissiy afzalliklarga ajrata olamiz.

Aniq afzalliklar - vaqt tejamkorligi, pul tejamkorligi va yoki koʻproq daromad keltiradigan (bizneslar uchun) afzalliklardir.
Ularning moddiy samaradorligi, kattaroqligi, tezroqligi va arzonroqligi bilan oʻlchanadi.
Har doim ham aniq afzalliklar kopiraytingning boshi va oxiri emas.

Hissiy afzalliklar - qulaylik, jozibalilik va eng asosiysi zamonaviylik kasb etadigan afzalliklardir.

Kopirayter sifatida oʻz mijozlaringizga mahsulot yoki xizmatingizning aniq va hissiy afzalliklarini chiroyli tarzda yetkaza olishingiz kerak.

P.S. Kopirayting soʻzi matn ma'nosida ham anglashiladi.

#TheABCofcopywriting kitobidan olganlarim!

@kopirayter_fikri
45 viewsedited  07:42
Ochish/sharhlash
2023-02-21 08:32:20 #TheABCofcopywriting

Kopirayting nima?

Kopirayting haqida koʻplab ta'riflar mavjud.
Mening shaxsiy ta'rifim: "kopirayting targʻib qilish va ishontirishda tildan eng toʻgʻri foydalanishdir"
Oʻz ishining ustasi boʻlgan kopirayter har doim eng toʻgʻri yechimni, eng toʻgʻri matn hajmini, eng toʻgʻri strukturani, eng toʻgʻri tonni qidiradi.
Mehnatkash kopirayterlargina yagona zoʻr yechim borligiga qa'tiy ishonishadi va uni topishga harakat qilishadi.
Ular "eng zoʻr buyruqda, eng zoʻr soʻzlarga" erishishni xohlashadi.

Bir soʻz bilan aytganda, kopiraytingni maqsadi oʻz auditoriyasi bilan mustahkam, foydali muloqot qilish va ularni sotib olishga tom va majoziy ma'noda undashdan iborat.
Tom Albrighton

@kopirayter_fikri
98 viewsedited  05:32
Ochish/sharhlash
2023-02-21 08:09:00 #TheABCofcopywriting

"Agar siz toʻrt soatda daraxtni kesishni xohlasangiz, uch soatni boltangizni charxlashga sarflang"

"Bu kopirayterlar uchun muhim qoida.
Siz bor diqqatingizni asoslarga qaratsangiz, har bir ishingiz yaxshilana boradi.
Ruchkani qogʻozga qoʻyishdan oldin, asosiy jihatlar haqida oʻylang!"

@kopirayter_fikri
239 viewsedited  05:09
Ochish/sharhlash
2023-02-20 17:15:01
Siz uchun!

Asoslar, tone of voice, psixologik texnikalar kabi boʻlimlardan iborat, qariyb 100 sahifalik "The ABC of copywriting" kitobidan olgan zarur bilimlarni sahifamizda ulashib boramiz.
Siz uchun zarur bilimlar, ixcham va sodda tilda taqdim etiladi!

@kopirayter_fikri
79 viewsedited  14:15
Ochish/sharhlash
2023-02-19 17:39:48
Boshladik!

Mashhur kopirayter Tom Albrightonning "The ABC of copywriting" kitobi.

Muallif kitobi haqida:

"Ushbu kitob professional yozuvchi, muharrir shu bilan birga nashriyotda, dizayn studiyalarida va yana oʻnlab tijoriy sohalarda sarflagan oʻn besh yilim davomida olingan, distillangan bilimlarni oʻz ichiga oladi!
Kitob kopiraytingning har bir jihatini qamrab olgan.
Umid qilamanki, bu kitobni oʻqib rohatlanasiz!"

@kopirayter_fikri
65 viewsedited  14:39
Ochish/sharhlash
2023-02-19 17:16:02
Til bilmasligingiz uchun kopiraytingga oid kitoblar oʻqiy olmayabsizmi?

Xavotirlanishga hojat yoʻq!

Kopiraytingga oid sara kitoblardan olingan sara bilimlar bizning sahifamizda!

@kopirayter_fikri
51 viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash
2023-02-13 11:58:10
- Copywriting-mi yoki kopirayting?

- Aa.. Nima oʻzi u?

- Kopirayting (inglizcha copywriting) matn yozish sa'natidir.
Nafaqat reklama matnlari balki istalgan turdagi marketing matnlari yozish kopiraytingdir.
Divanda yonboshlab pul topadigan bu soha vakillari kopirayterlar deb ataladi.

- Divanda yonboshlash oson, kopirayting-chi?

- Birgalikda oʻrgansak bu ham muammo emas!

- Qani boshladik!
55 viewsedited  08:58
Ochish/sharhlash