Get Mystery Box with random crypto!

Mijozlarga mahsulotingiz xususiyatlari haqida ayta koʻrmang! | Kopirayter fikri

Mijozlarga mahsulotingiz xususiyatlari haqida ayta koʻrmang!

Sotuv jarayonida bor e'tiboringizni mahsulotga emas mijozga qarating!
Ya'niki mahsulotingiz xususiyatlari va afzalliklaridan koʻra mijozga bera oladigan foydasi haqida koʻproq gapiring aynan shu narsa xaridga undovchi asosiy omil. Sizning faqat mahsulot xususiyatlari haqida gapirishingiz kopirayting tilida ficherizm deb yuritiladi. Hayron boʻlmang! bizning sohaning ham siyqasi chiqmagan atamalari bor. Rus tilidan kirib kelgan "Ficherizm" soʻzining asl kelib chiqishi inglizcha "feature - xususiyat" soʻzidir. Siz kopirayter oʻlaroq ficherizmdan qochgan holda xususiyatlarni afzalliklarga va foydalarga almashtira olishingiz darkor. Bu haqida keyingi postlarda batafsil gaplashamiz. Hozir esa "formalizm" haqida suhbatlashamiz. ''Formalizm" tafsilotlarni ortiqcha bayon qilishdir. Iloji boricha qisqa va mazmunli yozishga harakat qiling! Doʻstim dangasalar davrida deyarli hech kim uzun postlarni oxirigacha oʻqimaydi!
Siz dangasa emassiz deb umid qilgan holda ficherizm va formalizmdan uzoqroq yurishni maslahat beraman!

Kalomi ehtirom ila doʻstingiz @portfoliosiz_kopirayter

#yangi_kurs

@kopirayer_fikri