Get Mystery Box with random crypto!

Avvalambor hammaga Assalomu alaykum, ushbu rasmda bizning sevi | Konversation Deutsch

Avvalambor hammaga Assalomu alaykum, ushbu rasmda bizning sevimli jonkuyar oʻqituvchilarimiz Gʻafurova Shafoat, Joʻrayeva Muborak hamda har doim hush chaq-chaq pazitiv boʻlib yuradigan oʻqituvchimiz Kibriyo Xolmatova larni koʻrishimiz mumkin. Bu postni yozishdan asosiy maqsad. Birinchi kurs mobaynida oʻqituvchilarimizni ranjitgan yoki ayrim xatolarga yoʻl qoʻygan boʻlsak uzr soʻrayman. Birinchi kurs juda tez va quvnoq oʻtdi. Ayrim oʻqituvchilar yaxshi xotiralar bilan esda qoldi ayrimlari mexribonligi bilan va yana ayrimlari qattiqqoʻlligi bilan yodda muhrlandi.
Gʻafurova Shafoat ustozimiz bizga yon bosishi har doim savollarga toʻliq javob berishi hamda eng ustun tomoni mehribonligi bilan bizni xotiramizga muxrlandi.
Kibriyo Xolmatova ustozimiz esa bizga bir bora dars oʻtgan oʻshanda ham hush chaq-chaq ekanligini sezgan edik. Ustoz bilan talashib tortishganim hali ham esimda . Har doim koʻrganda kulib salom alik qilib kayfiyati doim 101% koʻtarinki ruhda yuradigan oʻqituvchilardan biri .
Joʻrayeva Muborak, bu ustoz avvalboshdan bizga oʻz bolalarini yaxshi koʻrgandek mehribonlik qildi. Turli xil Germaniyaga ketish yoʻllarini topishga yordam berar, lekin bu imkoniyatdan foydalanganlar bizni guruhda boʻlmadi. Ustoz bizni oʻz farzandlaridek yaxshi koʻrar,biz ham ustozni oʻzimizni onamizdek hurmat qilamiz, ardoqlaymiz.
Sevimli oʻqituvchilar orasida erkak oʻqituvchilar yoʻq chunki asosiy spess fanlarni Gʻafurova va Joʻrayeva ustozlarimiz oʻtar edi Ikkinchi kursda ham birga boʻlamiz degan umiddaman
@Khujamkulov_S