Get Mystery Box with random crypto!

PUBGNI TASHLASH KERAK Kun ortidan oy o'tyapti, Oqib qanch | 𝐾𝑜̃𝑛𝑔𝑖𝑙 𝑏𝑒𝑟𝑚𝑎

PUBGNI TASHLASH KERAK

Kun ortidan oy o'tyapti,
Oqib qancha soy o'tyapti.
Yoshham o'ttizga yetyapti,
PUBGNI tashlash kerak.

Ko'p lobbylarda yurdik,
Kech uxladik,kech turdik.
Naxot zerikmay qoʻydik,
Pubgni tashlash kerak.

UC ortidan chopayapmiz,
Oʻzimizni oʻzimiz qoqayabmiz.
Bilmayman nima topyapmiz?
PUBGNI tashlash kerak.

Behuda gapni sotdik,
Koʼplab gunohga botdik.
Uyalmadik biz qotdik,
Pubgni tashlash kerak.

Tillar g'iybatga to'ldi,
Shayton aytgani bo'ldi.
Yuzda nurimiz o'ldi,
Pubgni tashlash kerak.

Hayotdan hozir rozimiz,
Huddi yo'qdek tarozimiz.
O'qilmasdan namozimiz,
Pubgni tashlash kerak.

G'animatdir har onimiz,
Qabrdir asl joyimiz.
Azroil olmay jonimiz,
Namozni boshlash kerak,
Pubgni tashlash kerak,
Ushbu sheʼrni kimgadur,
Sekin yuborish kerak...

@kongil_berma