Get Mystery Box with random crypto!

' Inline ' botlar nima va u qanday ishlatiladi? Inline bot bu | KOMPYUTERLAR UZ

" Inline " botlar nima va u qanday ishlatiladi?

Inline bot bu bizga telegramda ixtiyoriy chatda yoki yozishmalar ichida to'g'ridan to'g'ri botlardan foydalanish.

Masalan siz do'stingiz bilan yozishyapsiz va u sizga Daewoo mashinani rasmini jo'natishingizni so'radi, siz esa Google ga kirib rasmni topib, jo'natishdan ko'ra oddiygina @pic inline botidan foydalanasiz.

Foydalanish tartibi:

1. Xabar matni kiritadigan joyga @pic deb yozasiz va bitta bo'sh joy tashlaysiz.
2. Sizga kerak bo'lgan narsa nomini yozasiz.
3. Kutasiz, va o'sha yerada rasmlar ko'rinadi.
4. Tanlab jo'natasiz.

Shu kabi ko'plab botlarni ro'yhatini tashlayman. Sinab ko'ring. Sizga albatta foydasi tegadi.

- @bing
- @wiki
- @pic
- @vid
- @music
- @gif
- @sticker
- @gamee

@kompyuterlar_uz uchun mahsus!