Get Mystery Box with random crypto!

​​Apple'ning uzoq kutilgan taqdimoti 7-sentabr kuni bo'lib o't | Kompyuter dunyosi | Channel

​​Apple'ning uzoq kutilgan taqdimoti 7-sentabr kuni bo'lib o'tadi!

Apple o'zining navbatdagi yangi mahsulotlarini kelayotgan sentabr oyining yettinchi sanasida o'tkaziladigan tadbirda taqdim qiladi, bu haqida kompaniya o'zining veb-saytida e'lon qildi.
Uzoq kutilgan tadbirda kompaniyaning anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan yangi avlod smartfonlari, iPhone 14 qatori, shuningdek, Watch 8 aqlli soatlari seriyasi ham taqdim qilinishi kutilmoqda. Uzunquloq xabarlariga ko'ra, bu yilgi iPhone qatori to'rtta: 6.1 dyuymli iPhone 14 va iPhone 14 Pro, 6.7 dyuymli iPhone 14 Max (yoki Plus) va iPhone 14 Pro Max modellarini o'z ichiga oladi. Katta ehtimol bilan Mini model chiqarilmasligi mumkin, lekin so'nggi yangiliklar ko'ra, kompaniya uni saqlab qolishi ham mumkin.