Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim Ekran ortida g‘oyib bo‘lgan oynani ko‘rin | Kompyuterchilar Dunyosi

#operatsion_tizim

Ekran ortida g‘oyib bo‘lgan oynani ko‘rinadigan joyga olib chiqamiz

Odatda bizning barcha ochilib turgan oynalarimiz qarshimizda yoki vazifalar paneliga tushirilgan holida joylashgan bo‘ladi. Ammo Windows – sirli narsa bo‘lib, u ham kamchiliklardan holi emas, ba’zida unda ham sodir bo‘lishi lozim bo‘lmagan vaziyatlar yuzaga keladi.

Juda kam hollarda ochilgan oynalar ko‘rinib turgan ekran doirasidan tashqarida joylashib qoladi yoki ba’zi hollarda oyna shu qadar chetga suriladiki, uni u yerdan sichqoncha yordamida qayta tortib, ko‘rinadigan joyga chiqarishning imkoni bo‘lmaydi. E’tiboringizga Windows'da berkinib qolgan oyna bilan bog‘liq muammoni hal qilishga doir bir nechta usulni keltirib o‘tamiz.

. Oynani butun ekranga yoyish (Развернуть окно). Sichqoncha kursorini ochilgan dastur yoki oynaning vazifalar panelidagi belgisi ustiga olib boring – oyna prevyusi yuzaga keladi. Belgi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Развернуть” bandini tanlang. Tayyor.

. Oynalarni kaskad bo‘yicha joylashtirish (Расположить окна каскадом). Vazifalar panelining bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Расположить окна каскадом” bandini tanlang. Barcha ochilib turgan dasturlar va oynalar ustma-ust ko‘rinishda ekranda taxlanadi va ularni saralash mumkin bo‘ladi.

. Qaynoq klavishlardan foydalanish. ALT + TAB klavishlari birikmasini bosing va ALT'ni qo‘yib yubormagan holda TAB klavishini bosish yordamida kerakli oynani tanlang. So‘ngra oynani ekranning chap yarmiga joylashtirish uchun WIN + ← klavishlari birikmasini bosing. Bunday hotkey'lar haqida batafsil ushbu postimizda so‘z yuritganmiz.

@Kompyuterchilar_dunyosi