Get Mystery Box with random crypto!

HTTP HTTPS Brauzerda 'suzuvchilar' e'tibor bergan bo'lish | Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

HTTP HTTPS

Brauzerda "suzuvchilar" e'tibor bergan bo'lishlari mumkinki, ayrim saytlar https:// bilan ayrimlari esa http:// bilan boshlanadi.

HTTP bilan HTTPS orasidagi eng katta farq - bu xavsizlikdir. HTTPS saytlari himoyalangan bo'ladi, HTTP bilan boshlanadigan saytlar esa himoyalanmagan bo'ladi.

HTTPS saytlarida SSL sertifikati bo'ladi va bu esa https:// saytlari himoyalanganining dalolatidir.
HTTP saytlarida bunday sertifikat bo'lmaydi.

Agar siz HTTP saytlariga ma'lumotlaringizni kiritsangiz, masalan, "parol: kompyuter_bilimlari", xakerlar buni bemalol ko'ra oladilar ya'ni sizning ma'lumotlaringiz shifrlanmaydi.

HTTPS saytlarida esa sizning ma'lumotlaringiz shifrlanadi va kiberhujumchilar sizning ma'lumotlaringiz o'rniga mana bunga o'xshagan narsalarni ko'radilar: T8UV81pQfyhDkhebbz7+oiwldr1j2gHBB3L3RFTRsQCpaSnSBZ78Vme

Xulosa: Hech qachon http:// bilan boshlanadigan saytlarga o'z ma'lumotlaringizni kiritmang!

Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt