Get Mystery Box with random crypto!

Fayllarni viruslarga onlayn tekshirish Virus Total (virust | Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Fayllarni viruslarga onlayn tekshirish

Virus Total (virustotal.com) kompyuteringizdagi antivirus o'tkazib yuborgan bo'lishi mumkin bo'lgan viruslarni tekshirish yoki har qanday soxta natijalarni tekshirish uchun ko'plab antiviruslar va onlayn skanerlash vositalari birlashtirilgan saytdir.

650 Mb gacha bo'lgan fayllarni veb-saytga yuklash yoki elektron pochta orqali yuborish mumkin (maksimal 32 MB). Shuningdek, siz shubhali URL manzillarini skanerlashingiz ham mumkin.

Agar sizda ishonchsiz manbalardan olingan yoki virusga o'xshagan fayllar bo'lsa, yoki shubhali URL linklari bo'lsa ularni ishga tushirishdan oldin, albatta, virustotal.com saytida ularni tekshirib oling.

Chunki kompyuteringizga o'rnatilgan istalgan antivirusni chetlab o'tadigan virusni yasash uchun xakerlardan bir necha daqiqa talab qiladi xolos.

Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #virus