Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston aloqa bozorida Rossiyaning MegaFon kompaniyasi ish | Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

O‘zbekiston aloqa bozorida Rossiyaning MegaFon kompaniyasi ish boshlaydi

«YueSeM Telekom» va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yangi qo‘shma korxona – Digital Holding’ni tashkil etishdi. Yangi qo‘shma korxona tarkibidan mamlakatning telekommunikatsiya bozori ilg‘ori bo‘lgan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning O‘zbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan o‘rin oldi, deb xabar bermoqda Ucell axborot xizmati rahbari Baxtiyor Nasimov.

Ma'lumot uchun:
MegaFon – Rossiyaning telekommunikatsiya bozorida yetakchi o‘rinlarda turuvchi raqamli imkoniyatlar milliy operatori. MegaFon Rossiya telekom bozorining barcha segmentlarida, shu bilan birga Abxaziya, Janubiy Osetiya, va Tojikistonda faoliyat yuritadi.

P.S. Megafonning O'zbekistonga kirib kelishi bizga foyda bo'lsa bo'ladiki zarari bo'lmaydi xudo xohlasa. Kim biladi MB lar suv tekin bo'lib ketar)

Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing: @kompyuter_bilimlari