Get Mystery Box with random crypto!

Fleshka uchun 'antivirus'lar #dastur Ancha oldinroq flesh | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Fleshka uchun "antivirus"lar
#dastur

Ancha oldinroq fleshkalarga virus tushishidan himoya qiluvchi antivirus dasturlarini topishni va ular haqida video yoki maqola yozish bo'yicha va'da bergan edim. Lekin ancha izlanishlar natijasida bunday yaxshi dastur yo'q ekanligiga amin bo'ldim (balki men topolmagandirman).

Ushbu saytda esa yuqorida yuklangan dasturlar yordamida fleshkani himoyalash mumkinligi haqida ma'lumot berilgan, lekin dasturlarni sinab ko'rish davomida birorta foyda his qilmadim. Istasangiz dasturlarni sinab ko'ring, balki sizga foydasi tegar.

Tavsiya: IT sohasidagi 60 yillik tajribamga tayanib fleshkani himoyalashni quyidagi usullarini tavsiya qilaman:
- Imkon qadar virusli, ko'pchilik foydalanadigan kompyuterlar bilan fleshka orqali aloqa qilmang. Bu eng oson himoyalanish yo'li.
- Kompyuteringizda antivirus bo'lsin va tez tez fleshkangizni tekshirtirib turing.
- Jamoat kompyuterlaridan foydalanishga majbur bo'lsangiz fleshkangizni ushbu usul bilan ham qisman himoya qilishingiz mumkin, ilgari o'zim o'qish davrida shu usuldan ko'p foydalanar edim: Fleshani himoyalashni oson usuli

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube