Get Mystery Box with random crypto!

Qizlar uchun O‘zbekistondagi eng yirik STEM-dastur – “Technova | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Qizlar uchun O‘zbekistondagi eng yirik STEM-dastur – “Technovation Girls Uzbekistan” tanlovning navbatdagi mavsumni yakunladi.

Dastur Tech4Impact NNT tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va “Yandex Go” onlayn-servisi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Technovation Girls — qizlar uchun xalqaro texnologik tanlov bo‘lib, har yili dunyoning 160 ta mamlakatida o‘tkaziladi.

«Loyiha jarayonida ishtirokchilar haqiqatdan ham IT- kompaniyalarda mavjud bo‘lgan rollarni o‘zlarida sinab ko‘rishdi. Qizlar, biz kabi, “sprint” rejimida ishlashdi, jamoada ishlashni o‘rganishdi, o‘zlarini loyihaviy menejmentda sinab ko‘rishdi, dedlaynlarga amal qilish qobiliyatlarini namoyon etishdi. Meni ularning ishga ijodiy yondashish, tadqiq qilish qobiliyati hamda o‘ylagan narsalarini ro‘yobga chiqarishdagi dadilliklari hayratga soldi» — dedi loyihaning mentori “Yandex Poisk”ning tahlilchi ishlab chiquvchisi Aziza Jumaboyeva.