Get Mystery Box with random crypto!

Haqiqatdan ham vaqtimiz yo'qmi? #hayotim Ushbu rasmning pas | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Haqiqatdan ham vaqtimiz yo'qmi?
#hayotim

Ushbu rasmning pastki qismida 8-maydan 31-maygacha bo'lgan muddatda telefonim orqali Instagram uchun sarflagan vaqtim ko'rsatilgan. Instagramda qiladigan ishlarim: reels, post yoki istoriya joylash va instagram "taqdim etadigan" videolarni ko'rib yotish.

Xo'p mayli, ish yuzasidan foydalandim ham deylik, lekin shuncha vaqt ketmasa kerak kunora reels yuklashga???

Ancha oldin boshlagan Photoshop bo'yicha kursimning umumiy davomiyligi 7 soatdan ko'proq, Python kursimniki esa 14 soat ekan.

Shu o'rinda bir savol tug'iladi: Haqiqatdan ham vaqtimiz yo'qmi???

@VMblogi