Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi oddiy mahsulotlar #salomatli | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi oddiy mahsulotlar
#salomatlik

Apelsin rangli sabzavot va mevalar, shuningdek, tarkibida vitaminlar, karotinoidlar, mikroelementlar, omega-3 va yog‘ kislotalari bo‘lgan boshqa oziq-ovqatlar ko‘rish uchun juda foydali ekani ma’lum qilindi.

Bu haqda rossiyalik vrach-oftalmolog Valentina Merkulova ma’lumot berdi.

• «Quyidagilar ko‘zlar uchun foydalidir: baliq, go‘sht, tuxum, yong‘oq, dukkakli o‘simliklar, sitrus mevalari, ko‘katlar, apelsin rangli sabzavotlar va mevalar, zaytun, zaytun moyi va sut mahsulotlari», deydi shifokor.

• Merkulova turli sabzavot va mevalar karotinoidlar, lyutein va zeaksantin manbai ekanligini ta’kidladi, ismaloq, brokkoli, petrushka, no‘xat, qovoq, pista, ayniqsa, ularga boy.

• Bundan tashqari, bu moddalar tuxum sarig‘ida ham mavjud. Karotinoidlar ko‘z qobig‘ini ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiladi, deydi shifokor.

• Uning so‘zlariga ko‘ra, baliq yog‘i, dengiz mahsulotlari, zig‘ir urug‘i, shuningdek, har xil turdagi o‘simlik moylari, ismaloq va dengiz o‘tlari omega-3 yog‘ kislotalariga boy. Omega-3 ko‘z faoliyatiga keskin ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. zamin.uz

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube