Get Mystery Box with random crypto!

Videolar (Shorts va uzun) tayyorlashda qaysi dastur va saytlar | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Videolar (Shorts va uzun) tayyorlashda qaysi dastur va saytlardan foydalanaman?
#info / #manba / #videomontaj

Bugun videolar tayyorlashda ishlatadigan barcha resurslarim haqida ma'lumot beraman.

Internet saytlari:

• Яндекс Картинки - asosan videolar muqovasi (prevyu) uchun tayyor rasmlarni olaman.

• Remove.bg - rasmlarni fonidan "ajratish"da ko'p ishlataman.

• Photopea - rasmlarni tahrirlash, tarjima qilish uchun online Photoshop.

• VEED - chet tilidagi videolarni subtitrini olish, montaj va h.k lar uchun kamdan kam ishlataman. Videolarni siqish uchun ham ishlatganman.

• Clipchamp - kattaroq videolarni onlayn montaj qilish uchun ishlatar edim.

• VistaCreate - deyarli barcha shorts'lar uchun prevyularni shu saytda yasayman.

Kompyuter va Android uchun dasturlar:

• Bandicam - kompyuterda boʻlayotgan jarayonlarni videoga olishga ishlataman.

• Movavi Video Editor - katta videolarni montaj qiladigan dasturim.

• CapCut - kichik videolar (shorts) ni montaj qilaman.

• Panda - kichik videolarni telegramga yuklashda hajmi katta bo'lsa shu dastur orqali "siqaman".

• Hi-Q MP3 VOICE RECORDER - mikrofon olguncha ovozlarni shu dasturda, mp3 formatda yozib olardim va montaj payti videoga qoʻshardim.

Video uchun g'oya va tayyor ssenariylar:

• Instagram, TikTok, YouTube, Telegramdagi kanallar va Pinterest kabi saytlardan.

Qurilmalar:

Noutbugim haqida maʼlumot

Mikrofonim haqida maʼlumot

Hozircha yodimga kelganlari shular. Kontent yaratish boʻyicha savollar boʻlsa @wmteam95 ga bemalol yozavering.

Hurmat bilan Valijon Maxmudov

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok