Get Mystery Box with random crypto!

Microsoft Store'ni o'rnatish #mohirlik Agar sizda Microso | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Microsoft Store'ni o'rnatish
#mohirlik

Agar sizda Microsoft do'konini o'chirib tashlangan bo'lsa uni joyiga qaytarishning tezkor usuli mavjud. Umuman olganda hammaga ham ushbu platforma kerak bo'lavermaydi, lekin ba'zi dasturlarni faqatgina shu yerdan topishingiz mumkin.

Ishga kirishamiz!
1) PowerShell'ni administrator nomidan ishga tushiring (Пуск -> PowerShell deb yozing) va wsreset -i buyrug'ini ishga tushiring. Buyruqni bajarish uchun vaqt kerak bo'ladi va jarayon ko'rsatilmaydi. Biroz vaqt o'tgach, siz tizimda Microsoft Store o'rnatilganligi haqida bildirishnomani ko'rasiz. @pcTeapot

2) Yana bir usul: Dastur paketini joylashtirish buyrug'idan foydalanish. PowerShell'ni administrator sifatida ishga tushiring va ushbu buyruqni bajaring:

Get-AppxPackage *windowsstore* -AllUsers | Foreach {Add-AppxPackage -DisableDevelopmentMode -Register "$($_.InstallLocation)\AppxManifest.xml"}

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok