Get Mystery Box with random crypto!

[Shaxsiy fikrim] Har bir foydalanuvchi uchun kerak bo'ladigan | KOMPYUTER AKADEMIYASI

[Shaxsiy fikrim] Har bir foydalanuvchi uchun kerak bo'ladigan 10 ta bepul kompyuter dasturi
#tavsiya 

Gap ushbu post haqida ketyapti...

Nega yuqoridagi post e’lon qilindi o’zi?
Kanalda asosan meni qarashlarim asosida hosil bo’lgan postlar va videodarslar yetarlicha topiladi. Ushbu postni tarjima qilishimga sabab esa boshqa kompyuter sohasidagilarning ham qarashlarini kanalimga olib kirish va buning natijasida obunachilarning dunyoqarashlarini kengaytirishga erishish edi.

 Yuqorida aytilgan dasturlar bo'yicha shaxsiy fikrlarim:

 AkelPad. Ushbu dasturdan foydalanib ko’rmaganman, biroz o’zim ishlatganlardan kod yozish uchun notepad++ (balki dasturchilar uchun yaxshirog’lari bordir), shunchaki qaydlar uchun bloknot’ni ishlatishni tavsiya etaman.

 GIMP. Kim nima desa desin, lekin rasmlar bilan ishlash uchun Photoshop’ga yetadigani yo’q. O’zim ham ko’p vaqt Photoshop’dan boshqa rasm tahrirlovchi dasturlarni izlab ko’rdim, baribir bu borada Photoshop yetakchi ekanligiga amin bo’ldim. Xulosa o’rnida agar sizga crack ishlatish farqi yo’q bo’lsa Photoshop, bepul dastur kerak bo’lsa GIMP (yoki boshqalari) dan foydalanishingiz mumkin.

 FastStone Image Viewer. Dastlab skrinshot uchun ushbu dasturni ishlatardim, keyinchalik Lightshot dasturiga o’tdim. FastStone’ni yaxshi tomonlari ko’p, masalan, chizg’ich, video ham yozishi va h.k.

 IrfanView. Windows’ning o’zining rasm ochuvchi dasturi ishlamagan paytlardagina tashqi dasturlardan foydalanaman, chunki menimcha, rasm ochish bo’yicha o’zining dasturining tezligiga hech biri yetmaydi.

 qBittorrent. To’g’risini aytaman, uTorrent’ning har xil bo’lmag’ur reklamalaridan charchaganim tufayli shu dasturdan haligacha foydalanib kelaman.

 Mozilla Firefox Portable Edition. Brauzerlar borasida Chrome’ga doimo sodiq qolaman, balki bu odatlangan dasturim bo’lgani uchundir.

 Telegram Desktop. Telegramga kirish uchun kompyuterda faqat Telegram Desktop, android’da esa Plus’dan foydalanaman. Qolganlariga ishonmayman.

 OBS Studio. Kompyuter ekranini videoga olish bo’yicha bir qancha dasturlarni sinab ko’rganman va bu ishni davom etmoqdaman. Hozirga qadar eng yoqgani Bandicam. OBS Studio’ni o’rganishga harakat qilgandim, lekin ichi juda tushunarsiz tuyulgan. Menimcha bu sohadagi yangilar uchun Bandicam yaxshi tanlov.

 AIMP. Esimni taniganimdan beri shu dastur yordamida audio fayllarni ochaman )

 VLC Media Player. Bu dastur bilan ko’p ishlamaganman, hozirda PotPlayer va GOM Player’lardan foydalanaman.

Siz uchun savollar:
1. Siz yuqoridagi qaysi dasturlardan foydalanasiz?
2. Ularni o’rnini bosuvchi qaysi dasturlarni tavsiya qilolasiz?

 Kompyuterni birga o'rganamiz  
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita