Get Mystery Box with random crypto!

Har bir foydalanuvchi uchun kerak bo'ladigan 10 ta bepul kompy | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Har bir foydalanuvchi uchun kerak bo'ladigan 10 ta bepul kompyuter dasturi
#dastur / #info

Windows’ni qayta o'rnatgandan so’ng ma'lum yordamchi dasturlarni yuklab olish kerak bo'ladi. Overclockers foydalanuvchisi Zystax kompyuterda juda ko'p joy egallaydigan ko'pchilik pullik dasturlarni almashtira oladigan 10 ta bepul dasturni nomladi.

Zystax ma'lumotlariga ko'ra, Windows-ni qayta o'rnatgandan so'ng barcha kerakli dasturlarni yuklab olish uchun ko'pincha ko'p vaqt talab etiladi: kamida 2-3 soat. PortableApps.com saytidan har safar qayta o'rnatilishi shart bo'lmagan foydali, yordamchi dasturlarni bepul yuklab olsangiz, bu jarayonni soddalashtirish mumkin.

AkelPad. Bu keng funksiyalarga ega matn muharriri. Matn va fon rangini sozlash mumkin, harakatlarning ko'p darajali orqaga qaytish funksiyasi mavjud, 64K dan katta fayllarni ham tahrirlash mumkin.

GIMP. Rastr tasvirlarni tahrirlash uchun dastur. U Windows va Linux da ishlatilishi mumkin. Bu Photoshop-ni almashtirishi mumkin, ammo bu yerda, albatta, kamroq funksiyalar mavjud.

FastStone Image Viewer. Rasmni kesish, o'lchamini o'zgartirish, shuningdek kontrast, yorqinlik darajasini o'zgartirish imkonini beradi. Rasmlarni PNG formatidan JPG formatiga ham o'zgartirishingiz mumkin. Funksionallik nuqtai nazaridan dastur ACDSee dasturiga o'xshaydi.

IrfanView. Fotosuratlarni oson ko'rish uchun yordamchi dastur. Bundan tashqari, .exe va .dll fayllaridan piktogrammalarni ajratib olish, skrinshot olish qobiliyati, ish stoli uchun ekran saqlovchilari, Exif ma'lumotlarini tahrirlash kabi funksiyalar mavjud.

qBittorrent. uTorrent o'rnini bosa oladigan dastur. Farqli o'laroq, u tezroq ishlaydi, qulay interfeysga ega va hatto uni Linux-ga o'rnatish ham mumkin.

Mozilla Firefox Portable Edition. Qo'shimcha brauzer sifatida foydalanish mumkin. Bundan tashqari, u Google Chrome-ga qaraganda ancha yuqori maxfiylik va xavfsizlikka ega.

Telegram Desktop. Bu ayni paytda eng mashhur messenjerlardan biri.

OBS Studio. Ekrandan video yozib olish, internetda turli konferensiyalar o'tkazish, o'yinlar va dasturlarning umumiy ko'rinishi bilan strim qilish va h.k. imkoniyatlarni beruvchi dastur.

AIMP. Ko'p foydali xususiyatlarga ega media pleer. Masalan, uning yordamida musiqani o'zgartirish, qurilmadan ovoz yozish, musiqa to'plamini yaratish mumkin.

VLC Media Player. Turli xil videolarni ko’rish uchun dastur. U tezkor javob, mukammal tasvir sifati hamda ovoz va tasvirni sozlash uchun ko'plab imkoniyatlarga ega. ferra.ru

P.S.: Ushbu dasturlar bo'yicha shaxsiy fikrlarimni keyinroq yozib qoldiraman .

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita