Get Mystery Box with random crypto!

Siz tanigan yana bir insonni qayta kashf qilamiz ! Oxirgi taq | Kompleks analiz (Kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi)

Siz tanigan yana bir insonni qayta kashf qilamiz !

Oxirgi taqdim etgan ko'rsatuvimizga biroz vaqt bo'lgan bo'lsa ham, ko'p kuttirmasdan yana o'z vazifamizga qaytdik.

Bu galgi mehmonimiz turli nufuzli xalqaro Matematika Olimpiadalarida ishtirok etgan, yurtimiz sha'nini himoya qilib yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan shaxs.

Jizzax viloyatining G'allaorol tumanida tavallud topib, 2018-yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining bakalavr bosqichini, 2020-yilda esa magistratura bosqichini tugatgan, 2016-yilda “O‘zMU” stipendiyasi va “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan, 2017 yilda "Islom Karimov" nomli davlat stipendiyasi sohibi Ibragimov Shohruh Olimovich loyihamizning navbatdagi mehmoni bo’ldilar.

Spikerimiz hozirda Germaniyaning Muenster Universitetining doktorantura(PhD) bosqichida tahsil olmoqda.

Loyihamizning ushbu soni juma kuni soat 20:50 da YouTube kanalimizda bo'lib o'tadi.


Telegram YouTube Instagram