Get Mystery Box with random crypto!

#Seminar2 Ilmiy seminarlar davom etmoqda! 2022 yil 22 dekab | Kompleks analiz (Kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi)

#Seminar2

Ilmiy seminarlar davom etmoqda!

2022 yil 22 dekabr kuni soat 10:30 da Algebra va funksional analiz kafedrasining "Zamonaviy algebra va uning tatbiqlari" nomli ilmiy seminarida (seminar rahbari akademik Sh.A.Ayupov) Atamuratov Alimardon Abdirimovich (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Xorazm boʻlinmasi katta ilmiy xodimi) “Parabolik ko‘pxilliklarda ko‘phadlar” mavzusida ma’ruza qiladi.

Annotatsiya: Parabolik ko‘pxilliklarda golomorf ko‘pxad tushunchasi o‘rganiladi. Kompleks fazolarda Veyershtrass polinomlari nollari to‘plamining to‘ldiriuvchisining parabolik ko‘pxillik bo‘lishligi va bu fazoda ko‘phadlar strukturasi haqidagi teorema isbot qilinadi.

Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/81181186655?pwd=bkhtRlNxL3E3SnZCTU1oSFNHcHJNQT09

ID: 811 8118 6655

Kod: 1

Seminar ilmiy kotibi
dotsent R.R.Kucharov


ramz3364647@yahoo.com

+998 97 410 20 60