Get Mystery Box with random crypto!

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy | KOMMUNAL

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida haqiqatan ham Toshkent shahri Yunusobod tumani 11-mavze 21-uyning yerto‘la qismini saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi, mulkdorlar tomonidan doimiy chiqindilar tashlab kelingani aniqlandi. Inspeksiya tomonidan mazkur ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Geoservis ta'mir” BSKga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda tezkorlik bilan yerto‘lani tozalash ishlari tashkillashtirildi.
Shuningdek, huquqbuzarlarga yerto‘laning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan qismini bo‘shatish yuzasidan majburiy ko‘rsatma berildi.

https://t.me/kommunaluzb