Get Mystery Box with random crypto!

Ayni daqiqalarda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘ri | KOMMUNAL

Ayni daqiqalarda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva aholi murojaatlariga binoan poytaxtimizning Yashnobod tumanida bo‘lib turibdi. Aniqlanishicha, tumanning "Birlashgan", "Yashnobod", "Navro‘zobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 47 ta ko‘p qavatli uy aholisi boshqaruv kompaniyasini tanlashda qator anglashilmovchiliklarga duch kelgan. Ozoda Jo‘rayeva barcha mas’ullar va faol fuqarolar ishtirokida vaziyatga oydinlik kiritdi hamda aholiga ularning huquqlari bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari aholi bilan suhbatlashib, ularning sohaga doir boshqa murojaatlarini tingladi. Muammolarni tezkor va sifatli bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi.

https://t.me/kommunaluzb