Get Mystery Box with random crypto!

#yangi_kitob Zamonaviy AKT sohasida yangi qo‘llanma yaratil | Kokand University (official)

#yangi_kitob

Zamonaviy AKT sohasida yangi qo‘llanma yaratildi

Qo‘qon universitetida tayyorlangan yana bir yangi o‘quv qo‘llanma nashr etildi. "Virtual va to‘ldirilgan reallik texnologiyalari" nomli kitobda zamonamizning eng trenddagi sohasi - virtual reallik (VR), to‘ldirilgan reallik (AR), to‘ldirilgan virtuallik (AV) va aralash reallik (MR) hamda ularning qo‘llanish sohalari haqida eng yangi ma'lumotlar jamlangan.

Ushbu kitob rivojlanayotgan texnologiyalar va ularning imkoniyatlarini tushunishga yordam beradi, o‘quv jarayonlarini birmuncha osonlashtiradi. Foydalanuvchilar uchun o‘z ilovalarini loyihalashtirish va amalga oshirishda muhim qo‘llanmadir.

@kokanduniversity