Get Mystery Box with random crypto!

Sun'iy intellekt bo‘yicha xalqaro bilimlar egallandi Sun'iy i | Kokand University (official)

Sun'iy intellekt bo‘yicha xalqaro bilimlar egallandi

Sun'iy idrok nima? Sun'iy intellekt davri qanday imkoniyatlarni taqdim etadi? Elektronika va IT ko‘magida avtomatlashtirishning afzalliklari nimada? Raqamli transformatsiya ish jarayoniga qanday o‘zgarishlar kiritishi mumkin?

Qo‘qon universitetida ikki kun davom etgan o‘quv seminarida xorijlik professorlardan shu kabi o‘nlab dolzarb savollarga javob olindi.

"O‘zbekistonni sun'iy idrok davriga tayyorlash" mavzusida o‘tkazilgan o‘quv seminarida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha koordinator, Gunadarma universiteti Sun'iy idrok mukammallik markazi rahbari, professor Made Wiryana mavzu bo‘yicha keng bilim va ko‘nikmalar berdi. Dunyodagi sun'iy intellekt strategiyasi, SIga oid texnikalar va ulardan foydalanish orqali ta'limni o‘zgartirish imkoniyati haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

Yuqori saviyada o‘tgan xalqaro o‘quv seminari ishtirokchilariga Sertifikatlar taqdim etildi.

#oquv_seminar
#suniy_intellekt
#deep_learning

@kokanduniversity