Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘qon universitetida xalqaro o‘quv seminari start oldi Qo‘qo | Kokand University (official)

Qo‘qon universitetida xalqaro o‘quv seminari start oldi

Qo‘qon universitetida YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Turizm Lab NNT, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO qatnashuv dasturi doirasida tasdiqlangan loyihaga asosan Indoneziyaning Gunadarma va Indoneziya universitetlari professorlari tomonidan xalqaro o‘quv seminari boshlandi.

"Barqaror rivojlanish 4-maqsadini targ‘ib qilish va muvofiqlashtirishda sun'iy idrok" mavzusidagi o‘quv seminarida Indoneziya va viloyatimizning qator universitetlari mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etmoqdalar.

O‘quv seminarining ochilishida Qo‘qon universiteti rektori v.b G‘afurjon Zaxidov, Farg‘ona viloyati hokimining Turizm va sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Ahmedovlar insoniyatga ko‘mak berish uchun yaratilgan sun'iy intellektni barcha sohalar, xususan ta'lim tizimiga keng tatbiq etishning ahamiyatiga to‘xtaldilar va seminar ishiga muvaffaqiyat tiladilar.

Seminarda Indoneziyaning Gunadarma universiteti professori, D.r I Made Wiryana "O‘zbekiston ta’limini sun’iy intellekt davriga tayyorlash" mavzusida ma'ruza qilmoqda.

O‘quv seminari davom etmoqda.
---------------------------
Ma'lumot uchun,
2030-yilgacha barqaror rivojlanish milliy tamoyil va vazifalarining 4-maqsadida umumqamrovli va adolatli sifatli ta'limni ta'minlash hamda barchaning butun umri davomida ta'lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish nazarda tutilgan. Bugungi o‘quv seminar ushbu muhim maqsadni amalga oshirish, bu borada sun'iy intellekt imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

@kokanduniversity