Get Mystery Box with random crypto!

Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi ilmiy xodimi Odinaxon Holmato | Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi

Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi ilmiy xodimi Odinaxon Holmatova tashabbusi bilan mahorat darsi tashkil etildi.

26-yanvarda boʻlib oʻtgan ushbu jarayonda Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi ilmiy xodimlari, Qoʻqon shahar Barkamol avlod maktabi va Qoʻqon shahar 26-maktabning 6-sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Ushbu mahorat darsida Qoʻqon shahridagi mashhur hunarmand Venera Kallimulina oʻzining ijodiy faoliyati namunalarini oʻquvchilarga taqdim etdi. Shuningdek, ishtirokchilarga oʻzining faoliyati haqida keng maʼlumotlarni berdi.

Telegram Instragram Veb-sayt