Get Mystery Box with random crypto!

#texnologiya Von Braun Wheel stansiyasi g'ildirak shakliga e | koinot_tilsimi

#texnologiya

Von Braun Wheel stansiyasi g'ildirak shakliga ega bo'lib,u aylanishi tufayli osongina sun'iy tortishish hosil qilishi mumkin. Shunday qilib,uning ichida astronavtlar uzoq davom etadigan vaznsizlik ta'sirini boshdan kechirmaydilar.

Braunning fikriga ko'ra Yer yuzasidan 1720 km balandlikda uchadigan, diametri 76,2 m bo'lgan neylon matosi bilan qoplan kosmik kema, navigatsiya, meteorologik, harbiy platforma va kosmik tadqiqotlar uchun stansiya bo'lib xizmat qilishi kerak edi. .

Stansiya ichifda turli jihozlar, ulash kabellari, stabilizatsiya tizimi, ekipaj va boshqa maxsus jihozlar uchun bir nechta bo'limlarga bo'lingan.

Ammo o'sha paytda Amerika eng oddiy sun'iy yo'ldoshni ham,orbitaga chiqara olmadi. Fon Braun kosmik stansiyasi kabi murakkab tuzilma haqida gapirmasa ham bo'lar edi. Shuning uchun loyiha qoldirildi va unutildi. Ammo "kosmik g'ildirak" dizayni fantast yozuvchilarga juda yoqdi va ular bugungi kungacha ushbu ko'rinishdan foydalanmoqda.‌‌

@koinot_tilsimi