Get Mystery Box with random crypto!

Kanal kuzatuvchilaridan qanday teleskop sotib olsam bo'ladi, m | FAZO SIRLARI ️🔭

Kanal kuzatuvchilaridan qanday teleskop sotib olsam bo'ladi, maslahat bering degan ko'plab savollar keladi. O'zbekistonda astronomiyaga qiziquvchilar ko'payayotgandan men ham hursand bo'laman.

Teleskop tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak:

1. Sizda qancha mablag' bor (astronomiya uchun)

2. Siz sotib olmoqchi bolgan teleskopda aynan nima qilmoqchisiz?

3. Sizning teleskop kattaligi qancha bo'lishi kerak (masalan, obyektivini o'lchami)

P.S. o'zingizga shu va yana boshqa savollarni bering. Siz dastlab durbin sotib olishdan ham kuzatuvlarni boshlasangiz bo'ladi. Ish faqat teleskop bilan bitmaydi. Sizni qorqitmoqchi emasman. Agar siz o'z ishingizni boshqalarga ham korsatmoqchi bolsangiz sizga kamera ham kerak bo'ladi. Dastlab smartfoningizni kamerasi ham yetarli bolishi mumkin. Keyinchalik esa maxsus astrokamera yoki fotoapparat sotib olib kattaroq teleskopga ulab astrotasvirlar olishingiz mumkin bo'ladi.


@FAZO_SIRLARI