Get Mystery Box with random crypto!

Ba'zan kitobxonlar haqida shunday fikrlar yuradiki. Ularni ,,B | Книголюб доктор📚

Ba'zan kitobxonlar haqida shunday fikrlar yuradiki.
Ularni ,,Botanik" deb atashlari ham sir emas.
Jumladan menga shunday so'zlarni aytishgani rost

,,Senda siyosat haqida tushuncha yo'q"-,deyishadi.
Men ,,1984" ni esga olaman

,,Sen urush nima ekanligini bilmaysan"-,deyishadi.
Men ,,G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" ni eslayman.

,,Sen oq va qorani ajarata olmaysan"-,deyishadi.
Men ,,Yolg'onlar shahri" yodga olaman.

,,Sen u zamonda tug'ilmagansan SSSR haqida nimani ham bilar eding"-, deyishadi.
Men ,,Otamdan qolgan dalalar"ni xotirlayman.

,,Sen sehr nima ekanligini bilmaysan"-,deyishadi.
Men ,,Sariq devni minib"ni eslayman.

,,Sen ona mehri qanday ekanligini bilmaysan"-,deyishadi.
Men ,,Dunyoning ishlari"ni yodga olaman.

,,Sen o'z ustida ishlash nima ekanligini bilmaysan"-deyishadi.
Men ,,Marten Iden" ni eslayman.

,,Sen Rossiya ko'chalarida bo'lmagansan"-,deyishadi.
Men ,,Jinoyat va Jazo"ni eslayman

,,Sen qullik va erk nima ekanligini bilmaysan"-,deyishadi.
Men ,,Tom tog'aning kulbasi" ni yodga olaman.

,,Senda jamiyat haqida tushuncha yo'q"-,deyishadi.
Men ,,Azizim"ni eslayman.

,,Sen odamlarning shafqatsizligi va mehrsizligi haqida bilmaysan"-,deyishadi.
Men ,,Eljernonga atalga gullar"ni eslayman.

,,Senda o'smirlik haqida tushuncha yo'q"-deyishadi.
Men ,,Javdarzordagi xaloskor" ni eslayman.

,,Sen oliyjanoblik haqida bilmaysan-,deyishadi.
Men ,,Don Kixot" yodga olaman.

,,Sen ommani anglamaysan"-,deyishadi.
Men ,,Omma psixologiyasi"ni eslayman.

,,Senda tartib haqida tushuncha yo'q"-,deyishadi.
Men ,,Atom odatlar"ni eslayman.

,,Sen sa'natga o'zini bag'ishlash nimaligini qayerdan ham bilar eding"-,deyishadi.
Men ,,Oy va Sariq chaqa" ni xotirlayman.

,,Sen otlar qadrini qaydan ham bilar eding"-deyishadi.
Men ,,Yovvogi yorg'a" ko'z oldimga keltiraman.

,,Sen talaba qanday bo'lishini bilmaysan"-deyishadi.
Men ,,Qo'rqma" ni eslayman.

,,Sen ayriliq tushunchasini tuymagansan"-deyishadi.
Men ,,O'tkan kunlarni" yod etaman.

,,Sen din va millat o'rtasidagi kurash qanday oqibatlarga olib kelishi ham bilmaysan"-deyishadi.
Men ,,Ruhlar isyonini" xotirlayman.

,,Senda biologik tajribalar haqida ma'lumot yo'q"-deyishadi.
Men ,,Ityurak" va ,,Odam amfibiya" esimga tushadi.

Yana shunga o'xshash vajlar bilan kitobxonlarni ayblashadi.
To'g'ri ular yaqin insonini yoqotmagandir, lekin bu hisni ko'p bora tuyadi.
To'g'ri ular urushga bormagandir, lekin urushning oqibatlarini qolganlardanda yaxshiroq bilishadi.
To'g'ri ular hayotda biror qizi qo'lini ushlamagan yoki biror yigitga tik qaramagan bo'lishi mumkin, lekin ular albatta sevib ko'rishgan.
To'g'ri ular hayotda endi 20, 30 yoshda bo'lishi mumkin, lekin ular aslida 100 yillik voqealarga guvoh bo'lishgan.
Shuning uchun iltimos qilaman kitobxon insonlarga kamsitish ko'zi bilan qarashni bas qiling.
,,Kitobxon Botanik emas"

https://t.me/shunchaki_ha_yaxshi