Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon hayitida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi? Ushbu | KIUT(YTIT)_подробно

Ramazon hayitida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Ushbu savol ko’pchilikni qiziqtirayotgan bo’lsa kerak.

Bunda 2 xil variant bor:

Birinchisi.
Agar Ramazon oyi odatdagidek 30 kun davom etsa va Ramazon Hayiti kutilganidek 22-aprel, shanba kuniga to’g’ri kelsa, unda barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi. Bunda:

22-aprel, shanba — Hayit bayrami;
23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
24-aprel, dushanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasidagilar uchun ko‘chirilgan (29-aprel shanbadan) dam olish kuni bo’ladi.

(asos: 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-sonli Prezident farmoni / manba).

Ikkinchisi. Agar yangi oy vaqtliroq ko’rinib, Ramazon oyi 29 kun davom etsa, unda Ramazon Hayiti 21-aprel, Juma kuniga to’g’ri keladi. Bunday vaziyatda dam olish kunlarida ham o‘zgarish bo‘lishi mumkin. O’zgarish qanday bo’lishi hozircha noma’lum, bunda ham 2 xil variant bor:

a) dushanbadagi dam olish kunlarini to’liq bekor qilib, shunchaki shanba kunini 6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish deb e’lon qilishadi. Natijada Juma, shanba va yakshanba 3 kun dam olish kuni bo’ladi;

b) dushanbadagi dam olish kunlarini saqlagan holda shanba kunida 6 kunliklar uchun yana bitta qo’shimcha dam olish kuni berishadi. Natijada Juma, shanba, yakshanba va dushanba 4 kun dam olish kuni bo’ladi.

Demak, barchasi Ramazon Hayiti kuniga bog’liq. Buning uchun esa Musulmonlar idorasining fatvosini kutishimiz kerak.


@xushnudbek