Get Mystery Box with random crypto!

#eslatma Bugun zulqaʼda oyining oxirgi kuni! Ertadan zulhijja | 📚 Kitobxo'rlar oilasi 👱‍♂🧕📖

#eslatma

Bugun zulqaʼda oyining oxirgi kuni! Ertadan zulhijja oyi boshlanadi.

Zulhijja qanday oy? Islom olami nega bu oyni boshqacha eʼzozlaydi?

Keling, zulhijja oyi, uning avvalgi o'n kunlik haqida qisqacha maʼlumotlar, foydalar bilan tanishamiz.

Alloh taolo Qurʼoni Karimda bunday marhamat qiladi: «Tonga qasam. (Zulhijja oyidagi avvalgi) oʻn kechaga qasam. Juft va toqqa qasam» (Fajr surasi, 1-3-oyatlar).
«Juftga qasam»dagi «juft»dan murod, zulhijja oyining oʻninchi kuni, «Toq»dan murod esa toʻqqizinchi kunidir («Bayonul Qurʼon», 12-bet).
Foyda: «Durri mansur»da bir necha sanadlar bilan rivoyatlar keltirilgan boʻlib, unda Nabiy sollallohu alayhi vasallam oyatdagi «Oʻn kechaga qasamdan zulhijjaning oʻn kuni, «toq»dan zulhijjaning toʻqqizinchi, «juft»dan esa oʻninchi kuni iroda qilingan, deganlar («Xitobotul ahkom», 146 bet).

Davomi...

@hilolnashr