Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 6-mart chorshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bila | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 6-mart chorshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
AQSh – Tish shifokori kuni.
Iroq – Milliy bag'rikenglik va birgalikda yashash kuni.

#muhim_voqealar
1714 – Ingliz muhandisi Henry Mill mashinka uchun patent oldi.
1883 – Amerikalik ixtirochi Xayram Maksim birinchi bo'lib pulemyotni ixtiro qildi.
1902 – “Real Madrid“ futbol klubi tashkil topdi.
1941 – Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari tashkil topdi.
1946 – “Eniac” deb nomlangan dastlabki tez ishlovchi kompyuter AQShda ishlatila boshladi.
1964 – Kassius Kley o'z ismi va familiyasini rasmiy ravishda “Muhammad Ali” deb o'zgartirdi.
1992 – Oʻzbekiston va Germaniya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.

#tavalludlar
1475 – Mikelanjelo (1564) – Uyg‘onish davrining buyuk italyan haykaltaroshi, me’mori, rassomi va shoiri.
1884 – Aleksandr Belyayev (1942) – rus ilmiy fantastika yozuvchisi.
1889 – Hamza Hakimzoda Niyoziy (1929) – shoir, dramaturg.
1927 – Gabriel Garsia Markes (2014) – kolumbiyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1982).
1940 – Xayitova Olmaxon (2014) – xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.

P.S.: Real Madrid muhlisi emasman, lekin bu jamoani hurmat qilsa arziydi!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling