Get Mystery Box with random crypto!

Uyg‘onish U ishxonasi tomon ohista ketarkan, boshi uzra jilol | Birga kitob o'qiymiz

Uyg‘onish

U ishxonasi tomon ohista ketarkan, boshi uzra jilolanayotgan Quyoshga tashakkur degisi keldi. Axir ana shu oftob iliq nurlari bilan uyg‘otadi butun borliqni. Keyin o‘yga cho‘mdi: “Ayol ham quyoshga o‘xshaydi-ya!”

Umri ko‘z o‘ngida birma-bir jonlandi...

U go‘dak edi.
Bir mehribon ayol uni tongda uyg‘otardi: – Tur, bolaginam, bog‘changga kech qolyapmiz!

U bola edi.
Bir munis ayol tonglari uni uyg‘otar edi: – Tur, bolam, maktabingga kechikasan!

U yigit edi.
Bir mushtipar ayol uni ertalablari uyg‘otardi: – Uyg‘on, o‘g‘lim, o‘qishingga kechikyapsan!

U erkak bo‘ldi.
Sahar uni bir go‘zal ayol uyg‘otdi: – Turing, dadasi, ishingizga kech qolyapsiz!

"Ha, – dedi u shivirlab, – erkakni uyg‘otgani uchun ham Ayolga tashakkur!"

Mansur Jumayev

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling