Get Mystery Box with random crypto!

To‘zg‘igan gunoh Bir kishi donishmand huzuriga borib: – Men | Birga kitob o'qiymiz

To‘zg‘igan gunoh

Bir kishi donishmand huzuriga borib: – Men g‘iybat va chaqimchilik qilib qo‘ydim. Qilmishimdan pushaymonman, tavba qilmoqchiman. Tavbam qabul bo‘lishi uchun nima qilsam bo‘ladi? – dedi.
Donishmand: – Ertaga par yostiq olib kel, – dedi.

Ertasi kuni qo‘lidagi par yostiqni kesib, patlarni to‘kishni buyurdi. Patlar uchib, har tarafgi yoyilib ketdi.

Donishmand: – Endi hammasini yig‘ib kel, – dedi.
Odam hayron bo‘ldi: – Buning sira iloji yo‘q, – dedi.
Donishmand: – Odamlarning orqasidan gapirganing ham shunday tarqalib ketdi. Shu bois sen g‘iybat qilgan odamlarga yaxshilik qil. Ilgari xatolarini gapirgan bo‘lsang, endi yaxshiliklaridan so‘z och. Oldin xafa qilgan bo‘lsang, endi sevintir. Shoyad, ularni rozi qilib, najot topsang, – dedi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling