Get Mystery Box with random crypto!

#kitobdan Mana endi ancha diydam qotib, hissiyotlarimni bo | Kitobxon qizning kundaligi

#kitobdan

Mana endi ancha diydam qotib, hissiyotlarimni boshqara oladigan bo‘lib qoldim. Depressiyaga tushmasdan, samarali ishlashning yo‘lini bilib oldim – vazifangni puxta, to‘g‘ri, halol va sifatli qilib bajar, bo‘ldi. U yog‘iga natijaga qarab, xulosa chiqariladi. Xato qilishdan qo‘rqmaydigan bo‘ldim. Hamma ham adashadi, muhimi, xatolarni vaqtida tuzata bilish.

Zafarga erishish yo‘lida yurish emas, yugurish kerak, deyishadi. Aks holda, bir joyda turib qolasan.

Eng ishonchli va tekin universitet mustaqil ta‘lim bilan amaliyotdir.

Bilim – cho‘qqiga ko‘tarilishda eng kuchli turtki. Agar ota-onangiz o‘zlari uchun hamma narsadan voz kechib, sizning bilim olishingizga sharoit yaratib bergan bo‘lsa, o‘qishdan bo‘yin tovlash g‘irt nonko‘rlikdir. O‘z hayotini qadrlamaslik degani bu.

Komil Allamjonov ''Allamjonov – aybdor'' asaridan

T.me/kitobxonqizningkundalig1