Get Mystery Box with random crypto!

Kitobxonlar ligasi

Telegram kanalining logotibi kitobxonlar_ligasi — Kitobxonlar ligasi K
Telegram kanalining logotibi kitobxonlar_ligasi — Kitobxonlar ligasi
Kanal manzili: @kitobxonlar_ligasi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 216
Kanalning ta’rifi

Kitobxonlar klubi maxsus loyihasi
Batafsil: t.me/kitobxonlar_ligasi/5
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar:
1. t.me/kitobxonlar_ligasi/16
2. t.me/kitobxonlar_ligasi/21
Muhokama guruhiga qo‘shilish: https://t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-05 12:00:15 "Kitobxonlar ligasi — 2022" kundaligi

1-kun. Bugun quyidagi guruhlarda kitob tahlillari bo‘lib o‘tadi:

A guruhi:
ЖасурNa‘biyev
Fazoda Toʻxliyeva
Mohigul
Aziz Samiyev
Gavhar Mamarasulova
Zilola Jurayeva

1-tur: 05-iyul. 21:00 ~ 22:20
• Sunbulaning ilk shanbasi (Abduqayum Yo‘ldoshev)

B guruhi:
Shahnoza Jahongirova
NILUFAR PAYZIYEVA
Adkham Mukhiddin úğli
Tolibova Gulhayo
Oybek Abdulazizov
Andakulova Shokhsanam

1-tur: 05-iyul. 22:30 ~ 23:50
• Janna Gerxardt (Teodor Drayzer)

♕ @kitobxonlar_ligasi
189 views09:00
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:44:14   Kitoblarni tahlil qilish va baholash tartibi: 

1. Kitobxonlar tanlangan asarni tahlil qiladi.
2. Baholashning bosh mezoni: Kitobxonlar quyidagi 3 ta bosqichga asosan tahlil o‘tkazadi.
I. Kitob nima haqida? (Kirish qismi)
II. Kitobning bosh g‘oyasi (g‘oyalari) qanday? (Tahlil qismi)
III. Bu kitobi bilan muallif nima demoqchi bo‘lgan? (Xulosa qismi)

3. Qo‘shimcha mezonlar:
keng ma'noda va to‘g‘ri mulohazalar orqali tahlil qilish
— Asar tili va uslubi haqida
— Asarga ko‘ra muallifning mahorati
— Asarning kuchli va zaif tomonlari
— Personajlar tahlili

4. Boshqalarning fikridan ko‘chirma olinganda iqtibos egasining nomi yoki iqtibos belgisi ( ) qo‘yib ketiladi.
5. Muhokama uchun belgilangan vaqtda ishtirok etmagan kitobxonga ball berilmaydi.
6. Guruh a'zolarining ishtiroki hakamlar tomonidan 5 balli tizimda baholanadi.
7. Natijalar tahlil tugagandan so‘ng, 48 soat ichida e'lon qilinadi.
8. Ballar teng kelib qolsa: 
A) Turlarda egallagan o‘rinlar nisbatiga qaraladi
B) Eng yuqori olingan ballar nisbatiga qaraladi
C) Hakamlar tomonidan qayta baholanadi


  Baholash:
• Ishtirokchilar "Kitobxonlar klubi hay'ati" tomonidan baholanadi. Baholovchi hakamlar soni 4 nafar.

♕ @kitobxonlar_ligasi
188 views06:44
Ochish/sharhlash
2022-07-05 08:30:39 Kitobxonlar ligasi — 2022. Final bosqichi.

  Guruh bosqichi tartibi

✓ 48 nafar kitobxon qur'a orqali 6 kishidan 8 ta guruhga taqsimlandi
- 16 ta kitob tanlangan (har bir guruhga 2 tadan)
- kitoblar qur'a orqali guruhlarga taqsimlandi 
- Har bir guruh 1 ta turkiy, 1 ta jahon adabiyoti namunasini muhokama qiladi
- A/D/F/H guruhlari 1-turda turkiy, 2-turda jahon adabiyotini
- B/E/G/I guruhlari 1-turda jahon adabiyotini, 2-turda turkiy adabiyot namunasini muhokama qiladi

- Guruh bosqichida har bir muhokama uchun 80 daqiqa vaqt ajratiladi.
✓ 1- va 2-tur o‘rtasida 2 haftalik oraliq muddat mavjud
2 ta tur yakuniga ko‘ra, har bir guruhda 1- va 2-o‘rinni olganlar musobaqani davom ettiradi.

  Vaqt tartibi:
• Guruh bosqichida har bir muhokama uchun 80 daqiqa vaqt ajratiladi. 
• Muhokamalar seshanba va chorshanba kunlari soat 21:00 dan boshlanadi va belgilangan kunlari 2 ta guruh o‘z tahlillarini o‘tkazadi.
1. 21:00 dan 22:20 gacha
2. 22:30 dan 23:50 gacha
• Faqat belgilangan vaqtda yozilgan fikrlar qabul qilinadi.

Batafsil reglament

Guruhlar bahslari: taqvim va tanlangan asarlar

Final guruhi

Murojaat: @kitobxonlarklubi_bot

♕ @kitobxonlar_ligasi
190 views05:30
Ochish/sharhlash
2022-07-05 07:30:14 Kitobxonlar ligasi — 2022

Bosh sovrin: 1'000'000 so‘m

G‘olib bo‘lgan kitobxon 1 mln so‘m yoki 1 mln so‘m qiymatiga teng bo‘lgan kitoblar to‘plamiga ega bo‘ladi.

Umumiy sovrin jamg‘armasi:
Jami: 2.000.000 so‘m


1-o‘rin: 1'000'000 so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami
2-o‘rin: 400'000 so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami
3-o‘rin: 300'000 ming so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami
4-o‘rin: 300'000 ming so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami

5—48-o‘rinni olgan barcha kitobxonlar 1 donadan kitob bilan taqdirlanadi.

1—4 o‘rinni olgan sovrindorlar pul mukofotini yoki shunga teng bo‘lgan kitoblar to‘plamini tanlaydi (kitoblarni tanlash ham ularning ixtiyorida)

♕ @kitobxonlar_ligasi
207 viewsedited  04:30
Ochish/sharhlash
2022-06-28 12:01:16 Kitobxonlar ligasi — 2022: Reglament

Reglament musobaqaga oid barcha qoida va tartiblarni o‘z ichiga olgan. Tanishib chiqing:
https://telegra.ph/Kitobxonlar-ligasi-Reglamenti-06-28
372 views09:01
Ochish/sharhlash
2022-06-27 10:22:11
Kitobxonlar ligasi — 2022: Guruh bahslari uchun tashlangan qur'a natijalari

Guruh bahslari 2 ta turdan iborat va 2 tur yakuniga ko‘ra, har bir guruhda eng ko‘p ball to‘plagan 2 nafar kitobxon keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Qaysi guruh qanday kitobni muhokama qilishi va tahlil sanalari haqida bu yerda bilib olishingiz mumkin.

* Guruh bosqichida qatnashgan har bir kitobxon natijasidan qat'i nazar taqdirlandi.

♕ @kitobxonlar_ligasi
843 views07:22
Ochish/sharhlash
2022-06-27 08:40:24
Barcha guruhlar tarkibi tabiiy ko‘rinishda

Chekka chekkada yurgan "Akulalar" tishlarini ishga solsa har bir guruhda "jang" ko‘ramiz.
252 views05:40
Ochish/sharhlash
2022-06-27 08:31:38
"D" guruhi

"Chaqilmas yong‘oq" iborasi shu guruh va tarkibiga mos
238 views05:31
Ochish/sharhlash
2022-06-27 08:29:08
"B" guruhi

Har qanday natija kutish mumkin bo‘lgan guruh.
211 views05:29
Ochish/sharhlash