Get Mystery Box with random crypto!

O'qib olim, boy bo'larmiding? Dunyoning boy-badavlat kishilar | Bola bilan rivojlanamiz 🧕🏻👶🏻

O'qib olim, boy bo'larmiding?

Dunyoning boy-badavlat kishilari uchun kitob o'qish qanday ahamiyatga ega deb o'ylaysiz? 1,200 nafar badavlat odamlar ustida o'tkazilgan tadqiqot natijasiga ko'ra, ularning barchasida kitob o'qish umumiy odat ekanligi aniqlangan. Bunga quyida bir necha misol keltiramiz:

Bill Gates 1 yilda o'rtacha 50ta kitob o'qiydi. Bu 1 haftada o'rtacha 1 kitob degani;

Elon Musk raketalarni qanday qurishni kitoblardan o'zi o'qib o'rgangan. U asos solgan SpaceX haqida bilsangiz kerak;
Warren Buffett kunining 80%ini o'qishga bag'ishlaydi va kunlik o'rtacha 500 varaq o'qiydi.
Mark Zuckerberg har 2 haftada 1 yangi kitob o'qib tugatadi;
Mark Cuban 1 kunda 3 soatni o'qishga bag'ishlaydi va 1 kitobni tugatish o'rtacha 5 soat vaqtini oladi;

Muvaffaqiyatli kishilar uchun kitob o'qish, bu – kunlik odatlarining ajralmas qismi. Siz ham kitob o'qishni kundalik odatga aylantiring. Ko'proq kitob o'qing.

Kitobxonyoshlar