Get Mystery Box with random crypto!

Link

Telegram kanalining logotibi kitobookblog — Link L
Telegram kanalining logotibi kitobookblog — Link
Kanal manzili: @kitobookblog
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

Asosiy kanal boshqa)

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-25 13:24:15 O‘qiganingni qayta o‘qishdan tortinma. Kitob ozuqaga o‘xshaydi, ehtiyoj sezilganda murojaat qilaver.

,,Bu ummatning qizi‘‘

@kitobookblog | #kitobdan
23 viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2022-06-25 11:43:29
Google assistant))
23 views08:43
Ochish/sharhlash
2022-06-25 06:57:33 Avgust oyi yaqin. Abiturientlarda tashvish-keyinchalik topshirgan yo‘nalishimdan ,,perevod‘‘ qila olamanmi? Masalan, arxitekturadan inyazga degan savollar ham uchrab turibdi, LOL (menga berilgan savollar turkumidan).

G‘alatiya? Oliy ta'limda o‘qishdan maqsad nima? Bitirgandan keyingisichi?

Bor maqsadsiz 4 yil sanqigandan IT ni o‘rgan, 3-4 ta til o‘rgan. Oliy ta'lim sen o‘ylagan joy emas. Ustiga ustak, sening maqsading ,,perevod‘‘ qilish ekan.

Chet elda bitiruvchilar universitetga topshirishdan oldin ''gap year'' oladi-ma'lum muddat turli xizmat ko‘rsatish joylarida ishlab ko‘radi. Agar o‘shanda o‘qish xohishi ustunlik qilsa va qaysi sohada o‘qishini aniqlab olsa, keyin topshiradi.

Bizda esa maktab/kollejni bitirgandan o‘qishga kirish ,,majburiy‘‘. Bo‘lmasa, qo‘shning/qarindoshlaring/keyingi mahalladagi Sharapat xolaning o‘lgan buvisi ham gap qiladi. Senga odamdek qarashmaydi. Landovur, shuncha tayyorlanib, qo‘lidan bir ish kelmabdi kabi gaplar va seni yeyishga tayyorlanib turgan ,,och ko‘zlar‘‘ . . .

Hammasiga qo‘l siltash kerak. Maqsad aniq emasmi, topshirmaslik kerak, bo‘ldi. Kasb ham butun umr davomida hamroh bo‘ladigan narsa insonga. Unga yengil qaramaslik kerak.

@kitobookblog
19 views03:57
Ochish/sharhlash
2022-06-24 20:50:32 http://Listenaminute.com

I highly recommend u to practise every day, if u want to improve your listening skills.

#usefullink
15 views17:50
Ochish/sharhlash
2022-06-24 17:48:04 O‘zbekistonda twitter, tik-tok, vkontakte tarmoqlari blokdan chiqariladi degan xabarga ko‘plar e'tiroz bildirmoqda. Ko‘plarining bosh sababi: yana bemazagarchiliklar ko‘payadi.

Endi o‘ylab ko‘raylik, insonda bemazagarchilik qilishga ishtiyoq bo‘lar ekan, ijtimoiy tarmoqlar shu holatlarni ko‘rsatishga sabab xolos. Istamaysizmi, ko‘rmang, kuzatmang. Nimadur foydali ishning boshini tutgan odam bu narsalar bilan o‘ralashib qolmaydi. Vaqtini bekorga sarflamayotgan odamlar ham ko‘p. Shunchaki ularning internetga chiqvolib, ,,yopishmagan‘‘ videolar olishga vaqti ham, xohishi ham yo‘q.

Hammasi yaxshi bo‘ladi, tinchlan jigarim.

@kitobookblog
16 views14:48
Ochish/sharhlash
2022-06-23 21:45:15 Har kun kam-kamdan o‘qigan yaxshimi yoki ancha vaqt o‘qimasdan bira to‘la 1-2 kunda kitobni tugatganmi?

O‘tgan hafta 2-usulni bajarib ko‘rdim. Badiiy kitob edi. 2 kunda tugadi. Ancha-muncha ko‘zim og‘ridi lekin :|

Bu hafta 1-usulni bajaryapman. Mutolaadan butkul to‘xtab qolmaslik uchun kamida 20 betdan har kun o‘qiyapman. 95-sahifaga keldim.

Vaziyatga qarab tanlaydigan bo‘lsak, 1-usul eng yaxshisi. Chunki u uzluksiz davom etadi va toliqtirmaydi. Minimal majburiy o‘qishni xohishingizga qarab 20, 30 yoki 35 qilib belgilaysiz. Istasangiz, 20 betlik majburiy o‘qishdan so‘ng yana davom etaverasiz. Talabi: to‘xtab qolmasligingiz kerak.

Endi shu usulni inglizcha kitoblar o‘qishda ham amallab yo‘lga qo‘yvolsam, qalpog'imni osmonga otardim))

Ertadan balki majburiy 10 sahifalik ,,sistema‘‘ joriy etarman .

Sizningcha qaysi usul yaxshi? O‘qish uslubingiz bormi? Qancha muddatda kitob o‘qib turasiz?

@kitobookblog
19 views18:45
Ochish/sharhlash
2022-06-23 04:52:34 Kechangi kunimizni bugungi yakuniy imtihoni qanaqa o‘tarkan degan o‘y bilan o‘tqazdik. Birinchi yakuniyni ham o‘ylab o‘tqazgandik.

Oldinda yana 6 ta yakuniy qoldi. Hali ko‘p o‘ylasak kerak butun guruh))

#hazilroq
18 views01:52
Ochish/sharhlash
2022-06-22 13:20:28 ​,,Qizim, men senga ishonaman. Ayang bilan meni yordamchim sensan. Ukalaringga ko‘prik bo‘lishing kerak‘‘.

Shu so‘zlarning o‘zida faxr, keraklilik, mas'uliyat sezadi odam va bu hislarni esimni taniganimdan buyon his qilaman .

Oilada katta farzand bo‘lish degani - ota-onang biror masala yuzasidan birinchi navbatda sening fikringni so‘raydi degani, sen bilan maslahatlashadi degani.

@kitobookblog
19 views10:20
Ochish/sharhlash
2022-06-21 17:43:47
¹ O‘zimizni ikkinchi shaxs sifatida kuzatishimiz kerakdir, o‘ylab olish uchun bir muddat to‘xtarmiz.

² O‘zimga

³ Kitobni ancha oy oldin, shoshib buyurtma qildirib olganim esimda. Ma'lum sabablarga ko‘ra mutolaasi kechikdi. Ikki kishining ,,qizg‘i-i-in suhbati‘‘ sabab kitoblarim orasida borligi esimga tushib qolganidan, o‘qishga qaror qilgandim shu oy uchun.

P.S: gap ,,Bu ummatning qizi‘‘ haqida

@kitobookblog
18 views14:43
Ochish/sharhlash