Get Mystery Box with random crypto!

#sheʼriyat Masofalar uzoq, men yiroqdaman O‘g‘lim sog‘mikan | Kitoblarim..

#sheʼriyat

Masofalar uzoq, men yiroqdaman
O‘g‘lim sog‘mikan deb o‘ylamang, ona.

Dunyo-yu dinimni o'rganmoqdaman
Meni o‘ylab, aslo yig‘lamang, ona.


Harakat qilyapman jon-jahdim bilan,
Ulug‘ ish qilay deb zo‘r shaxtim bilan,
Bir kuni boraman shu ahdim bilan,
Faqat meni deya yig‘lamang, ona.

Yo‘q, taslim bo‘lmayman, faxrlanasiz
"Mening bolam" deya ikki dunyoda...
Boringizni menga fido qildingiz
Allohim ajrini qilsin ziyoda.

A.Sayidjonov

Kitoblarim...