Get Mystery Box with random crypto!

Olimlardan biri aytadi: ' Tavof qilayotgan bir qariyani ko‘rdi | KITOBLARIM 🫀📚

Olimlardan biri aytadi: " Tavof qilayotgan bir qariyani ko‘rdim. U juda charchagan bo‘lishiga qaramay, qo‘lidagi hassasiga tayanib, bor kuchi bilan tavof qilayotgan edi. U mendan
Bu yerga , ya'ni hajga kelishingga qancha vaqt ketadi? deb so‘radi.
Ikki oy dedim
Qariya har yili haj qilasizlarmi? dedi.
Men inday olmay qoldim. So‘ng choldan
Siz yashaydigan yurt Baytullohdan qancha uzoq? deb so‘radim.
U besh yillik yo‘l dedi .
Men Mana haqiqiy fazilat, chinakam muhabbat! dedim .
Qariya esa kulib, quyidagi she‘rni aytdi:
O‘zing xohlagan kishini ziyorat qil, garchi uning uyi senga uzoq bo‘lsa ham. Sendan uni to‘siqlar, pardalar to‘sib tursa ham, uzoqlik seni uning ziyoratidan to‘smasin. Oshiq o‘z mashuqini ko‘p ziyorat qilguvchidir.