Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum qadirdonlar. Hayrli kech. Bundan bir-ikki oy | Kitoblar Haqida (Rasmiy)

Assalomu alaykum qadirdonlar. Hayrli kech. Bundan bir-ikki oy avval bir kursdoshimiz bn biroz tortishib qolganday boʻlgan edik. Qaysi masalada desak Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining Iymon kitobini oʻqiganimda shunday jumla bor edi. Agar oʻzingizning sohangizda yetakchi boʻlmasangiz ertaga Allohning huzurida shu masalada ham soʻralasiz desam u boʻlmagan gap degan edi. Men indamay qoʻyavergandim oʻshanda (bizni vazifamiz eslatish, majburlash emasku shuning uchun oxirigacha tortishmagandim). Mana hozir Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining Olim va odam, din va ilm kitobini oʻqib bu qarorga yana duch keldim. Nega bu masalada Allohning huzurida soʻralamiz desangiz Alloh Qurʼoni Karimda bod-bod takrorlamoqda "Oʻqi", "Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlurmi", "Har bir ilm egasining ustidan oʻta bilguvchi bordir" bunga oʻxshash misollar juda koʻp. Shunday ekan doʻstlar oʻqishda oʻqiysizmi, demak yoʻnalishingizni zoʻri boʻlishga xarakat qiling. Kursga borasizmi guruhingizda yetakchi boʻling. Maktabda oʻqisangiz sinfingizni eng bilimdoni boʻling azizlar. Axir Alloh taolo hamma joytimizmi benuqson qilib yaratdi. Ularni ishlatish va shakillantirish faqat oʻzimizning qoʻlimizda.

@KitoblardanIqtibos