Get Mystery Box with random crypto!

📚Kitoblar so'ylasin

Telegram kanalining logotibi kitoblardan_udn — 📚Kitoblar so'ylasin K
Telegram kanalining logotibi kitoblardan_udn — 📚Kitoblar so'ylasin
Kanal manzili: @kitoblardan_udn
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-10-05 09:47:31 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Allohni zikr qilish, Unga hamd-sano aytish va "Laa ilaaha illalloh" deya Undan boshqa iloh yo'qligini takror-takror aytishni kanda qilmang. Buning uchun Alloh taoloni tasbeh, ya'ni poklab yod qilar ekan, tilingiz kabi barmoqlaringizni ham ishlating. Chunki barmoqlar ham o'rni kelganida Qiyomat kunida qilgan amalingizga guvohlik beradi. Aslo Allohning rahmatidan g'ofil bo'lmang".

Imom Termiziy. Da'vat, 120; Imom Ahmad. VI/ 371.

@kitoblardan_ndn
134 views06:47
Ochish/sharhlash
2022-09-30 07:50:17 Taomlanish odobi

Taomlanishda uchta odob bor: zikr, tafakkur va shukr. Zikr ovqat olib kelinganda Allohning nomini aytib boshlanadi. So'ngra inson tayyorlangan ovqat shu holiga kelgunicha qancha bosqichlarni bosib o'tgani, inson oldida shunchaki paydo bo'lib qolmagani, Alloh taoloning ne'matlari qanchalik ulug' ekanini tafakkur qiladi. Bu ne'matlarning barchasi Alloh taolodan ekanini e'tirof qiladi. Taomlanib bo'lganidan keyin esa Alloh taologa shukr qiladi, hamd aytib, duo qiladi.

Homid Ahmad Tohirning “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlarga nasihatlari” kitoblaridan


@kitoblardan_ndn
132 views04:50
Ochish/sharhlash
2022-09-29 11:40:29 Kibr

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qalbida zarracha kibri bor odam jannatga kirmaydi", dedilar. Shunda bir kishi: "Libosi va oyoq kiyimi chiroyli bo'lishini xohlash ham kibrmi?" deb so'radi. Shunda u zot: "Alloh taolo go'zaldir, go'zallikni yaxshi ko'radi. Kibr - haqni inkor qilish, odamlarni mensimaslikdir", dedilar (Imom Muslim rivoyat qilgan).

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday deb marhamat qiladi:
"Mo'minlar uchun qanotingizni quyi tuting (kamtar bo'ling)" (Hijr surasi, 88-oyat).

Mutakabbirlar dunyo tarixida o'zining kibri bilan mashhur bo'lgan Qorun, Fira'vn va shu kabilar bilan birga do'zaxga kiradi.

Homid Ahmad Tohirning “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlarga nasihatlari” kitoblaridan


@kitoblardan_ndn
103 views08:40
Ochish/sharhlash
2022-09-05 05:53:01 Solihlardan biri ko’zi ojiz, yeb to’ymas bir kimsaga taom berganida, uning ahli: “Bu a’mo nimani yeganini ham bilmaydi”, - dedilar. Shunda haligi solih zot aytdi: “Lekin Alloh bilur”, - dedi. Bas, modomiki Alloh ustingda xabardor ekan, qilgan ezgu-yaxshiliklaringni bilib turar ekan, odamlardan rahmat kutib nima qilasan?

Shayx Oiz al-Qarniyning "Mahzun bo’lma” kitobidan

@kitoblardan_ndn
118 views02:53
Ochish/sharhlash
2022-09-04 15:45:30 Ne-ne gavharlar go'ng uyumida bo'ladi

Abdulloh ibn Muborakning ikki shogirdi - Hasson va Suvayddan rivoyat qilinadi: "Ustozimiz Ibn Muborak Shomga bordilar. Biz ham u kishi bilan birga edik. Har kuni ibodat va ezgu amallar qilayotgan qavmni ko'rganlarida bizga "Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz. Bekor o'tkazgan umrimiz uchun holimizga voy! Biz jannatning ochiq eshiklarini bu yerda tashlab ketgan ekanmiz", der edilar. U zot bilan Musaysa ko'chasidan borayotgan edik, bir mast odamning baland ovozda bayt o'qiyotgani eshitildi:

Allohga osiy bo'ldim, nafsu havo meni xor qildi,
O'zim istar ishni qilolmay, ahvolim abgor bo'ldi.


Ustoz yonlaridan daftar chiqarib, bu baytni yozib qo'ydilar. Biz: "Mast odamdan eshitgan she’rni yozyapsizmi?” deb so'radik. Abdulloh ibn Muborak: “Ne-ne gavharlar go’ng uyumida bo'ladi, degan so’zni eshitmaganmisan?” dedilar”.

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn
102 views12:45
Ochish/sharhlash
2022-09-03 03:35:04 Ey odam bolasi, nima uchun bilganingga amal qilmay turib, bilmagan narsangni talab qilasan?

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn
76 views00:35
Ochish/sharhlash
2022-09-02 08:10:15 Ta'lim

Amr ibn Utba o'g'lining ustoziga bunday dedi: “Bolamni isloh qilishning eng avvali o'zingni isloh qilish bo'lsin. Chunki shogirdlaringning ko'zi sening ko'zingga bog'langan bo'ladi. Sen qilgan hamma narsa ularning nazdida yaxshi, sen qilmagan hamma narsa ularning nazdida yomondir. Ularga Allohning kitobini o'rgat. Ammo majburlamagin, undan bezib qolishmasin. Lekin ularni o'z holiga ham tashlab qo’ymagin, Qur’ondan uzoqlashib qolishmasin. Ularni hadisi shariflar, yaxshi she’rlar bilan “sug’orib”, to’ydirgin. Bir ilmni yaxshi o'rganmagunlaricha boshqasiga o’tma, chunki qalbga (zehnga) ko'p narsa kiraversa, ularni fahmlab olish qiyin bo'lib qoladi. Ularga sahobalar va solih insonlarning turmush tarzlarini o'rgat, nomahram ayollar bilan gaplashishdan qaytar. Meni yuz-xotir qilib o’tirma. Men sening kifoya qilishingga ishonaman”.

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn
77 views05:10
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:13:35 Ilm bilan mol-dunyo o’rtasidagi farq

Abu No’aym Komil ibn Ziyoddan rivoyat qiladi: “Bir kuni Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu qo'limdan tutib, sahro tomonga yetakladi. Sahroga yetib borgach, u zot bir joyga o'tirdi. So’ngra, biroz nafas rostlagach, bunday dedi: “Ey Komil, qalblar idishga o'xhsaydi. Eng yaxshi qalb - eng ehtiyotkor qalbdir. Bu gaplarimni eslab qol. Insonlar uch turli bo'ladi:
Birinchisi - rabboniy olim.
Ikkinchisi- najot yo'lidagi tolibi ilm.
Uchinchisi - ilm bilan ishi bo'lmaydigan omi. Bu toifadagi odamlar har xil g’avg’olarga aralashadigan, bo'lar-bo'lmas narsalarga ergashib ketadigan, har xil rangga moyil odamlardir. Bunday odamlar ilm nuridan bahra olmaydi, ishonchli asosga tayanmaydilar.
Ilm moldan yaxshiroqdir, chunki ilm seni qo'riqlaydi, molni esa sen qo’riqlaysan. Ilmni ishlatsang kamaymaydi, molni ishlatsang kamayadi. Ilm olim uchun tiriklikda toat, vafot etgandan keyin esa go’zal xotiradir. Mol esa dunyo yo'q bo'lishi bilan zavol topadi. Mol-dunyo to’plovchilar tiriklik chog'idayoq o'lib bo'lgan bo'ladi, ulamolar esa dunyo turguncha turishadi, o'zlari yo'q bo'lsa ham qilib ketgan hayrli ishlari qalblarda doimo barhayotdir”.”.

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn
71 views12:13
Ochish/sharhlash
2022-07-11 15:39:08 Ibratli hikoya

Qadimda bir kishi odobsizligi tufayli ota-onasiga oq bo’lgan ekan. U xotinini juda yaxshi ko’rar ekan. Bir kuni turmush o’rtog’i og’ir dardga chalinibdi. Tabib turmush o’rtog’iga yangi yurak kerakligini aytibdi. Bag’ritosh yigit borib, onasini o’ldiribdi, uning yuragini olibdi. Tabibning oldiga shoshib ketayotib, bir toshga qoqilib ketibdi. Shunda onaning yuragi tilga kirib, “Ehtiyot bo’l, yiqilib tushma, bolam!” debdi.

O’lsa ham yuragida farzandiga mehri so’nmagan onani qarang!

Toshyurak va berahm farzandni qarang!

Homid Ahmad Tohirning “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlarga nasihatlari” kitoblaridan


@kitoblardan_ndn
131 views12:39
Ochish/sharhlash
2022-06-14 15:48:30 E'tibor bergan bo'lsangiz, Qur'onda hech qaysi ayolning: mo'mina bo'lsin, kofir bo'lsin ismlari tilga olingan emas, faqatgina hazrati Maryamning ismi aniq aytilgan. Bahs yuritilgan ayollar oilali edilar, Maryam onamiz esa nikohsiz, turmush o'rtog'i yo'q edi. Aynan shu holat ham shariatimizda ayollar borasida mahramning nechog'lik nozik masala ekanligini ko'rsatadi. Ayol erkak kishining eng yaqin mahramidir. Oshkor qilinmaydigan, do'stlar orasida hatto ismi ham tilga olinmaydigan hilqatdir ayol.

Murat Tosunning "Olim yetishtirgan onalar" kitobidan

@kitoblardan_ndn
845 views12:48
Ochish/sharhlash