Get Mystery Box with random crypto!

Oshxonada ona bo'rek pishiryapti. Qizi esa bu vaqtda onasi shu | 📚Kitoblar so'ylasin

Oshxonada ona bo'rek pishiryapti. Qizi esa bu vaqtda onasi shug'ullanayotgan ishni sinchkovlik bilan kuzatib, tomosha qilib o'tirardi. Shu barobarida bo'rek tayyorlash sirlarini ham o'rganayotgandi. Qizaloq qiziqib onasidan so'radi:
- Ona, nega yupqani patnisga qo'ymasdan oldin burchaklaridan ikki barmoq kesyapsiz? Ona shunday javob beryapti:
- Bilmadim, onam shunday qilardi, - deydi onasi.
Qiz bu javobdan qoniqmay buvisiga qo'ng'iroq qiladi va yana shu savolni beradi:
- Buvi nega bo'rek pishirayotganda yupqani patnisga qo'ymasdan oldin burchaklaridan ikki barmoq kesasizlar?
U ham shu javobni berdi:
- Onam shunday qilardi.
Qiz katta buvisiga qo'ng'iroq qiladi va undan ham yubqaning burchaklaridan nega kesganligini so'raydi. Katta buvi javob beradi:
- Chunki yubqa patnisimga ana shu shaklda sig'ardi!

Bu misol bizga hazrati Alining purma'no so'zlarini eslatadi: "Farzandlaringizni o'z zamoningiz ta'limotlariga ko'ra emas, ular tug'ilgan zamon haqiqatlariga mos tarbiyalanglar".

Xadicha Kubro Tongarning "Baqirmaydigan onalar" kitobidan

@kitoblardan_udn