Get Mystery Box with random crypto!

Ne-ne gavharlar go'ng uyumida bo'ladi Abdulloh ibn Muboraknin | 📚Kitoblar so'ylasin

Ne-ne gavharlar go'ng uyumida bo'ladi

Abdulloh ibn Muborakning ikki shogirdi - Hasson va Suvayddan rivoyat qilinadi: "Ustozimiz Ibn Muborak Shomga bordilar. Biz ham u kishi bilan birga edik. Har kuni ibodat va ezgu amallar qilayotgan qavmni ko'rganlarida bizga "Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz. Bekor o'tkazgan umrimiz uchun holimizga voy! Biz jannatning ochiq eshiklarini bu yerda tashlab ketgan ekanmiz", der edilar. U zot bilan Musaysa ko'chasidan borayotgan edik, bir mast odamning baland ovozda bayt o'qiyotgani eshitildi:

Allohga osiy bo'ldim, nafsu havo meni xor qildi,
O'zim istar ishni qilolmay, ahvolim abgor bo'ldi.


Ustoz yonlaridan daftar chiqarib, bu baytni yozib qo'ydilar. Biz: "Mast odamdan eshitgan she’rni yozyapsizmi?” deb so'radik. Abdulloh ibn Muborak: “Ne-ne gavharlar go’ng uyumida bo'ladi, degan so’zni eshitmaganmisan?” dedilar”.

Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" kitobidan

@kitoblardan_ndn