Get Mystery Box with random crypto!

​Foydali 40 maslahat: 1. Kuningizni tabassum bilan boshlang. | KITOBLAR OLAMI.UZ

​Foydali 40 maslahat:

1. Kuningizni tabassum bilan boshlang. Pozitivlik eng yaxshi tetiklashtiruvchidir.
2. Nonushtadan oldin sof suv ichishga odatlaning.
3. Badantarbiya qiling.
4. Tamaki va alkogol maxsulotlardan yiroqlashing.
5. Kuningizni rejalashtirishga odatlaning.
6. Har kuni bir ozdan bo’lsa ham meva va sabzavot iste’mol qiling.
7. Pozitiv fikrlang.
8. Qaddingizni g’oz tuting, tekkis yurishga odatlaning.
9. Har kuni bir vaqtda ovqatlanishga harakat qiling.
10. Liftni unuting. Piyoda chiqib tushing.
11. Bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishga odatlaning.
12. 15-20 daqiqa toza havoda sayr qiling, hayot go’zalligidan bahra oling.
13. Ertangi kunga kiyadigan kiyimlaringizni kechasi uyqudan oldin tayyorlab qo’ying.
14. Yilda bir marotaba umumiy tibbiy ko’rikdan o’ting (kamida).
15. Hayolingizga kelgan fikr va ideyalaringizni darhol yozib qo’ying.
16. Sof, gazlanmagan suvdan kamida kuniga 1.5 l iching.
17. Yotishdan oldin xonangizni 10-15 daqiqaga shamollating.
18. Har kuni tozalik ishlariga 15 daqiqa vaqt ajrating.
19. Yotishdan oldin yuvinib yoting.
20. O’zingizga e’tibor bering: do’stlaringiz bilan hordiq chiqaring, sevgan kitobingizni qaytadan o’qib chiqing, yangi kiyim – kechaklar oling va h.k.
21. Hisob – kitobda mahkam bo’ling, hatto mayda-chuyda narsalarda ham.
22. Har kuni yangi odamlar bilan tarnishing. Bu sizga insonlar psixologiyasini o’rganishda katta tajriba bo’ladi.
23. Yeb–ichishingizga e’tiborliroq bo’ling, tez tayyor bo’luvchi maxsulotlarni kamaytiring.
24. Sport bilan haftada 2-3 martta shug’ullaning. Sog’lom tanda sog’lom aql.
25. Miyyangizni shug’ullantiring. Do’stlaringiz raqamlarini yod oling, krossvordlar yeching.
26. Kuniga 50 bet o’qishni o’zingizga maqsad qilib oling.
27. Ota-onangizga, yaqinlaringizga har kuni qo’ng’iroq qiling. Ulardan habar oling, ularni yaxshi ko’rishingizni ayting.
28. “Yutuqlar” daftarchasini tuting. G’alaba va muvaffaqqiyatlaringizni unga qayd qilib boring.
29. Nutqingizga nazar soling, “parazit” so’zlarni yo’qoting. Ya’ni “aaa”, “mmm” so’zlarni kamaytiring. Dona-dona chiroyli gapirishga harakat qiling.
30. Ko’zingiz uchun gimnastika qiling. “Sivtsev” jadvalini devoringizga osib qo’ying.
31. Kompyuter qarshisida yoki bir joyda 2 soatdan ko’p o’tirib qolmang.
32. Har kuni o’zingiz uchun qandaydir yangilikni kashf qiling.
33. Hordiq kunlarni ochiq havoda o’tkazing, muzeylarga, ekskursiyalarga boring, tarixiy obidalarni ziyorat qiling.
34. Har kuni 10 tadan yangi so’z yod olishga harakat qiling.
35. Kunlik yangiliklarni kuzatib boring. Zamon bilan hamnafas bo’ling.
36. Pul uchun ishlamang. Tajriba, ko’nikma va bilim uchun ishlang.
37. Avval eshiting, so’ng gapiring.
38. Oz-oz bo’lsa ham qilayotgan ishingiz bardavom bo’lsin.
39. Topilgan foyda borasida 70/30 taktikasini qo’llang. Pulingizni 70 % ini kelajak uchun iqtisod qiling, 30 % ini o’z ehtiyojingiz uchun ishlating.
40. Doimo yaxshi narsalar haqida o’ylang. Niyatingizni pok qiling.

@kitoblar_olami_UZBEKISTON