Get Mystery Box with random crypto!

​​ Abduqayum Yo'ldoshev 'Puankare' ...Vaqt ta’sirini o‘tka | Android kitoblar

​​ Abduqayum Yo'ldoshev
"Puankare"

...Vaqt ta’sirini o‘tkazmaydigan narsaning o‘zi qolmapti. Hatto asl mol ham uning qoshida ojiz ekan”.
Bundan o‘ttiz besh yil burun Maskovda mana shu portfelni naq bir yuz yigirma rublga olayotganimda sotuvchi “Toza charm. Sizga yuz yil xizmat qilib beradi. Hatto bir asrdan keyin ham yangiday turadi!” deb rosa og‘iz ko‘pirtirgan, yonimda turgan o‘zim qatori ahli urfonning ayrimlari esa ko‘rsatkich barmoqlarini chakkalariga tirab, aylantirishdan o‘zlarini tiyisholmagan, baayni aytmoqchi bo‘lgandilarki, tentaklik ham evi bilan-da, sichqon sig‘mas iniga, g‘alvir bog‘lar dumiga, deganlari asli shu; ammo na iloj, zorimiz bor, zo‘rimiz yo‘q, illo nainki liriklar, balki bizdek jiddiy riyoziyotchilar safida ham aqli qosirlar uchrab turishi ehtimollik nazariyasiga mos va xos…


@kitoblar_apk