Get Mystery Box with random crypto!

​Dam olish kunlarida o‘qish mumkin bo‘lgan beshta ajoyib badii | Android kitoblar

Dam olish kunlarida o‘qish mumkin bo‘lgan beshta ajoyib badiiy kitob:

1. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma

«Qo‘rqma» o‘zbek zamonaviy adabiyotida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Jadidlar harakati bilan XX asr boshida 70 nafar o‘zbek talabasi Germaniyaga o‘qishga jo‘natiladi. Ularning hammasining yagona orzusi olim bo‘lib qaytib vatan rivojiga hissa qo‘shish edi. Lekin, vatanda ularni halokat kutardi. Ular birma-bir qatag‘on qilindi. Roman XX asr boshidagi voqealar orqali bugungi o‘zbek jamiyati muammolariga e’tibor qaratadi va yagona najot ta’limda ekanligini ko‘rsatib beradi. Romanning o‘ziga xos uslubi va voqealar rivoji sizni o‘ziga bog‘lab oladi.

2. Jorj Oruell: 1984

Jahon adabiyoti tarixidagi eng zo‘r asarlardan biri hisoblanadi. Antiutopiya janrida yozilgan «1984» romanida biz siyosiy totalitarizm tabiatini ko‘rishimiz mumkin. Sobiq SSSR hayotidan namuna olgan roman diktatura tabiatini, u insonlar ongini qanday boshqarishi, qo‘rquv qanchalik xavfli qurol ekanligini ko‘rsatib beradi.

Oruell aksiomasi: erk – qullikdir, bilimsizlik – kuchdir
Erkinlik ikki karra ikki to‘rt ekanligini ayta olishingdir.

3. Deniyel Kiz: Eljernonga atalgan gullar

Charli Gordon o‘zining aqlli emasligini biladi. Yoshi 32 da, novvoyxonada pol artuvchi bo‘lib ishlaydi va arzimagan pul topadi. Haftada 3 marta oqshom payti aqliy rivojlanishdan ortda qolgan kattalar uchun ochilgan markazda dars oladi. Ammo endi bularning bari o‘zgarish bo‘sag‘asida turibdi. Shifokorlar nozik bir tajriba o‘tkazmoqchi. Ular Charlining miyasini operasiya qilmoqchi. Ular operasiya va maxsus dori Charlining intellektini oshirishiga umid qiladi, chunki bu tajriba laboratoriya sichqonchasi Eljernon bilan o‘tkazilganda ijobiy natija berdi. Shu asnoda Charli har kuni nima his qilayotganini kundalikka yozib boradi. Bu uning miyasi va hayotida sodir bo‘lgan hayratlanarli o‘zgarishlar bitilgan ta’sirli qaydlarga aylanadi.

4. Jerom Selinjer: Javdarzordagi xaloskor

Shu kungacha 65 million nusxada sotilgan. 2005 yili "Time” jurnali asarni 1923 yildan boshlab ingliz tilida yozilgan 100 ta eng yaxshi romanlar ro‘yxatiga kiritgan. “Modern Library” nashriyoti esa romanni XX asrning 100 ta eng sara asarlari qatoridan joy olishga loyiq topgan. 2003 yil BBCning “The Big Read” («Eng ko‘p o‘qilgan») so‘rovnomasida u 15-o‘rinni egallagan.
Asarning bosh qahramoni Holden Kolfild o‘smirlarning sarkashligi, isyoni timsoliga aylanishga ulgurgan. Roman, shuningdek, ma’sumlik, asillik, o‘zlik, yo‘qotish, daxldorlik, intim va tushkunlik kabi murakkab masalalarga ham tegib o‘tadi.

5. Den Braun: Ibtido
«Biz qayerdan paydo bo‘lganmiz?»
«Bizni kelajakda nima kutmoqda?»
Futurolog olim Edmond Kirsh mana shu savollarga javob topganligini, uning kashfiyoti insoniyat o‘tmishi va kelajagini o‘zgartirib yuborishini ma’lum qiladi. Lekin, yangilik taqdimoti kuni hammasi o‘zgarib ketadi. Taqdimot vaqtida uni Palmarian katolik cherkovi admirali o‘ldirib ketadi...

Xo‘sh, Kirsh nimani kashf qilgan edi?
Uning o‘limi kimga kerak bo‘ldi?


Inson kamoloti uchun kitob o‘qish juda muhim. Ong ostida biz bilmagan holda keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan badiiy kitoblarni o‘qish bo‘lsa yanada ahamiyatlidir.

@kitoblar_apk