Get Mystery Box with random crypto!

Kitoblan

Telegram kanalining logotibi kitoblanuz — Kitoblan K
Telegram kanalining logotibi kitoblanuz — Kitoblan
Kanal manzili: @kitoblanuz
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 430
Kanalning ta’rifi

📚 Kitoblan, manzilimiz olis!
📤 Murojaat uchun: @kitoblanuzbot
💰 Hamkorlik uchun: 8600 1404 2254 7191 (Yoqubova Fotima Kamoliddin nomida)

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-06 07:05:17
#chaqiriq

Sakson to’qqizinchi kun

Kitob: «Otamdan qolgan dalalar»

Oʻqiladigan betlar: Kitobdagi 8-bobning 26-raqamli hikoyasigacha

Vaqt: 20:05 gacha

@kitoblanuz — manzilimiz olis!
202 views04:05
Ochish/sharhlash
2023-03-05 22:01:11
#Ramazon

Ramazonga 18 kun qoldi!

@kitoblanuz — manzilimiz olis!
209 views19:01
Ochish/sharhlash
2023-03-05 18:05:51
#xatchoʻp

«Umrda shunday kun bo’ladi: odam birdan aynib qoladi!
Ko’ngilga qil sig’maydi. Ko’ngil bir xijil, bir lanj bo’ladi.
Ko’ngilni nimadir bir nima barmoq botirib-barmoq botirib tirnaydi»


«Otamdan qolgan dalalar» kitobi

88-kun

#chaqiriq da qatnashayotganlar diqqatiga! Kitob oʻqiyotganingizni bilishimiz uchun ushbu post izohiga bugun oʻqigan betlaringizdan iqtibos yozishingiz kerak boʻladi

@kitoblanuz — manzilimiz olis!
213 views15:05
Ochish/sharhlash
2023-03-05 14:05:22
#sayohat

«Alisher Navoiy» nomidagi milliy kutubxonaga sayohat!

«Kitoblan» loyihasi #sayohat rukni ostida navbatdagi videoni eʼtiboringizga havola qiladi!

Bu safargi sayohatimiz manzili har bir kitobxonning sevimli maskani boʻlgan kutubxona boʻldi.

Kutubxona haqida yozib oʻtirmaymiz. Ushbu havola orqali oʻqib, bilib olishingiz mumkin. Videoni esa albatta koʻrishingizni tavsiya qilamiz!

Ushbu kutubxonaga tashrif buyurganlar bormi? Keyingi #sayohat uchun boradigan manzilimiz qayer boʻlishini xohlaysiz? Izohda yozib qoldiring

@kitoblanuz — manzlimiz olis!
208 viewsedited  11:05
Ochish/sharhlash
2023-03-05 10:05:11
#tanlov

"Kitoblan" loyihasidan qanday foyda oldim?

Bismillahir rohmanir rohiym!

Men bu loyiha haqida nima deya olardim. Shunchaki, ajoyib va manfaatli deyman. Bu loyiha boshlanganida meni o'ziga tortgan narsa loyihaning nomi, shiori edi. Ya'ni "Kitoblan"– Manzilimiz olis. Bunday nom ostidagi loyiha haqida qiziqdim. Va tashkilotchilar tomonidan tanishtirilganda shu vaqtning o'zida a'zosiga aylandim. Mana 3oy ham bo'libdi. Bu vaqt oralig'ida o'zimga juda ko'p foydalarni oldim:
1."Kitoblan" dagi kitoblar ro'yxati. Ro'yxatni ustozlar ko'rib berishgan deyishgandi. Ro'yxatdagi kitoblarni bazilarini o'qigandim, bazilarini esa yo'q. Hozirga kelib 6ta kitobni tartib bilan o'qidik. Yana 14 ta kitob qoldi bu bosqichda. Kitoblarning ketma-ketligi shunday tanlanganki, oldingidan zotan o'qigan bo'lsam ham ma'naviyatim yanada boyidi. Tafakkur o'sdi. Bu kitoblarning tartibi ta'siri edi. Bir biriga bog'liq va bir birini to'ldiradi.
Shunchalik zavq bilan kirishibmanki, 6 ta kitobdan shuncha foyda bo'lsa,
3-bosqichga tezroq yetsam dedim.

2. Xatcho'plar rukni. Bu usul kitobxonni har kuni kitob o'qishga chorlaydi. O'qigandayam tartib bilan vazifa asosida. Xatcho'p tashlashga ruxsat berilganda o'quvchilarning to'xtovsiz xatcho'plari hayrantlantiradi mashaalloh. Kitobni o'qib turib, yana o'quvchilarning xatcho'plari diqqatingizni tortadi, e'tibor bermagan yerlaringizga ahamiyatli bo'lasiz. Bir so'z bilan – ular kitob o'qishni o'rgatadi. Kitobni ichiga tushib qolgan o'quvchi kechinmalarini xatcho'plar orqali ifodalashi bir-biri bilan o'rtoqlashib, har kungi mulohazalar qiziq o'tadi. Xuddi Kitoblanda bir oiladek bo'lib qolishadi.

Davomini oʻqing: https://telegra.ph/Kitoblan-loyihasidan-qanday-foyda-oldim-03-05

@kitoblanuz - manzilimiz olis!
205 views07:05
Ochish/sharhlash
2023-03-05 07:05:13
#chaqiriq

Sakson sakkizinchi kun

Kitob: «Otamdan qolgan dalalar»

Oʻqiladigan betlar: Kitobning 8-bobigacha

Vaqt: 20:05 gacha

@kitoblanuz — manzilimiz olis!
202 views04:05
Ochish/sharhlash
2023-03-04 22:01:11
#Ramazon

Ramazonga 19 kun qoldi!

@kitoblanuz — manzilimiz olis!
208 views19:01
Ochish/sharhlash
2023-03-04 18:05:50
#xatchoʻp

«Birida ilm zo'r, birida martaba zo'r, birida orqa zo'r. Bular dunyodan ana shunday bir-birini yeb o'tib ketadi. O'rtada o'lgan-o'lgan - dehqon o'lgan!.»


«Otamdan qolgan dalalar» kitobi

87-kun

#chaqiriq da qatnashayotganlar diqqatiga! Kitob oʻqiyotganingizni bilishimiz uchun ushbu post izohiga bugun oʻqigan betlaringizdan iqtibos yozishingiz kerak boʻladi

@kitoblanuz — manzilimiz olis!
214 views15:05
Ochish/sharhlash
2023-03-04 14:05:00
#taqriz

«Kitoblan» loyihasiga taqriz

2022-yil dekabr oyi. Dugonam bir havola yubordi va loyihada ishtirok etishimni tavsiya qildi. Shu kunga qadar juda ko‘p kitobxonlik loyihalarida ishtirok etgandim, barchasi deyarli bir xil kitoblar va bir xil yo‘nalish. Ajib... "Kitoblan" loyihasining sahifasiga kirdim va eng avvalo rejadagi kitoblar ro‘yxatini ko‘rib chiqdim, shu vaqtgacha biror loyihada ko‘rmagan va o‘qimagan kitoblarim edi. Loyihaga qiziqib qolishimga eng birinchi sabab ham aynan shu bo‘ldi. Ro‘yxatda 20 ta kitob bo‘lib, barchasi o‘zbek adabiyotiga mansub edi. Tezda sahifaga a’zo bo‘ldim.

Ilk ishtirokim "Ikki eshik orasi" asaridan boshlandi. Kitob tugatilgandan so‘ng audiosuhbat uyushtirildi va unda men ham o‘z fikrlarimni bildirdim. Kitobdan taassurotlarim juda tartibsiz va sayoz edi, xayolimga kelgan fikrni aytdim. Loyiha tashkilotchilariga fikrlarim ma’qul kelib, menga hadya yuborishdi. Bu hadya loyiha davomida o‘qiladigan kitoblardan biri edi. Inson tabiati shunday, kimdandir hadya olsa, o‘sha kishiga nisbatan hurmati va mehri ziyoda bo‘ladi. Menda ham shunday bo‘ldi, bu loyihaga mehrim tushdi, undan ajralgim, o‘zbek adabiyotidan uzoqlashgim kelmay qoldi. Hadyaga berilgan kitob esa go‘yoki: "Iltimos, meni shunchaki tashlab qo‘yma, albatta, o‘qi deyayotgandek..".

Har kuni ilk ishim – loyihada vazifa etib berilayotgan 30 betni o‘qish, bu esa juda ajoyib. Eng avvalo, kunimni tartiblashni o‘rgandim. Kunlik ishlarimni qanday tartiblasam, 30 betlik vazifam qolib ketmasligini o‘ylayman. Albatta, o‘qishim kerak, o‘sha 30 sahifadagi hayot, undagi so‘zlar qachondir, albatta, menga asqatadi, uni o‘qiyotganimning o‘zi esa men uchun ulkan baxt, chunki men o‘zligimizni, ajdodlarimizni, bebaho qobiliyat egalarini tanib boryapman, o‘zimdek – o‘zbeklardek fikrlayapman...

Davomini oʻqing: https://telegra.ph/Kitoblan-loyihasiga-taqriz-03-04

@kitoblanuz - manzilimiz olis!
210 views11:05
Ochish/sharhlash
2023-03-04 10:05:21
#kino

O‘z tarixin o‘zgadan o‘rganganlar ko‘ringay...

Tarixni o‘rganganlar kelajakni ham boshqaradi, deyishadi. Darhaqiqat, yaqin o‘tmishini bilmagan odam uchun bugun ham, kelajak ham havoga yeldek sovurilib ketadi. Bugunning qadriga qanday yetsin kechasini unutgan kishi?

Xalqni o‘tmishidan, e'tiqodidan, ota-bobolaridan uzoqlashtirib manqurtlashtirish hamma davrlarda ham bo‘lgan. Keyingilar, ya'ni biz undan ibrat olmas ekanmiz, o‘zimizni ham o‘shanday holatlar kutayotganini eslatadi bu almashinuvlar.

«O‘z tarixin o‘zgadan o‘rganganlar ko‘ringay...»

Quyida «Otamdan qolgan dalalar» asariga ishlangan filmni tomosha qilib, tasavvur ko‘lamingizni bir qadar kengaytirishingiz, do‘st-dushmanni farqlab olishingiz mumkin.

Filmni tomosha qiling:



@kitoblanuz - manzilimiz olis!
202 views07:05
Ochish/sharhlash