Get Mystery Box with random crypto!

#tanlov «Kitoblan» loyihasidan qanday foyda oldim? Tanlov sh | Kitoblan

#tanlov

«Kitoblan» loyihasidan qanday foyda oldim?

Tanlov shartiga koʻra, loyiha haqida, oʻqiganimiz kitoblar haqida, bizga yetib kelishi, hayotimizdagi ahamiyati, uning vazifasi, undan olishimiz kerak boʻlgan foyda haqida va xulosa.

Rahmli va mehribon Alloh nomi bilan

Alhamdulillah, Alloh azza va jalla «Kitoblan» auditoriyasi, qatnashchilari va kitob shaydolari, kitobxonlar, tolibi ilmlar, kitobga muhabbat qoʻygan birodarlarimiz bilan birgalikda saviyali kitoblarni mutolaa qilib fikr almashishni bizga nasib va muyassar qildi.
Allohning fazli bilan «Kitoblan» loyihasiga qoʻshildik, mutolaani boshladik, manfaatini bildik, foydalarini sezdik, ilmga, kitobga boʻlgan ishtiyoqimiz yanada ziyoda boʻldi, tanlangan kitoblardan koʻnglimiz toʻq, bilmagan yurtimiz adiblarining yozgan asarlarini tanidik, tarixini oʻylab koʻrmaganim bir asarning bizgacha yetib kelishi bilan tanishdik, shoirlar tili bilan aytadigan boʻlsak, bir asarning dunyoga kelishi – tugʻilishi, uning tahriri, muhokomalari rad etilishi, qayta ishlanishi, unga ketgan mehnat, vaqt – hammasi bilan tanishdik va bizning qoʻlimizga yetib kegan bu kitoblar uchun anchagina mehnat va vaqt ketganini bildik, kitobga boʻlgan hurmatimiz, unga boʻlgan ahamiyatimiz ziyoda boʻldi va saviyali, oʻz oʻrnida kerakli boʻlgan, qimmatli vaqtimizni sarflashimizga arzigulik kitoblarni oʻqidik va oʻqiyapmiz. Loyiha haqida fikrlarimiz ijobiy, targʻibotidamiz, inshaalloh, doimiy muvaffaqiyat tilab qolaman va bardavom boʻlishini Allohdan soʻrab duo qilaman, eng qimmatli kitobxonlarning vaqtini saviyali kitob mutolaasi bilan oʻtkazishlari uchun doimo Alloh sizlarga oʻz tavfiqini berib tursin.

Loyiha haqida yana koʻp gapirish mumkin. Endi tanlangan kitoblarga keladigan boʻlsam, koʻp tarjima kitob oʻqigan oʻquvchiga oʻzbek adabiyotining maftunkorligini koʻrsatib ochib beradi va bizda ham saviyali asarlar borligi haqida maʼlumot beradi, oʻzbek adabiyoti ixlosmandlarini oʻqiganlarini yana ishtiyoq bilan oʻqishga, oʻqimaganlarini tezroq oʻqishga ilhom beradi, endigina kitob mutolaasini boshlagan aziz kitobxonlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatlarini ziyoda qiladi va oʻz oʻzidan mutolaa uchun navbatdagi asar, kitoblar tavsiya qiladi.

Xullas, tanlangan asarlar hammabop kitoblar hisoblanadi, roʻyxatni koʻrib, mutolaaga qiziqishimiz ortib boryapti, biiznillah.

«Kitoblan»ning vazifasi avvalo qimmatli vaqtimizni saviyali kitob mutolaasi bilan oʻtkazishimizni taʼminlayapti, jazakalloh. Bundan bilinib turibdiki, lohiya asnosida bizga tanish boʻlmagan mehnatkash, jonkuyar, kitobsevar, bizni koʻrmagan boʻlsada, yaxshi koʻradigan bir jamoa ishlayapti, hammangizdan Alloh rozi boʻlsin, hayotingizda muvaffaqiyat tilab qolaman, sizlar dunyoda bizning bir mushkulimizni osonlashtiryapsizlar, oxiratda Alloh sizlarning bir mushkulingizni oson qilsin. Hayotimizdagi oʻrni – kunlarimiz eng kamida 30 bet kitob oʻqish bilan oʻtyapti, boʻsh vaqtimizda kitob varaqlashga odatlandik, manfaatini sezdik .
Ahamiyatiga kelsak, oʻzimizga «Kitoblan»dan oldin va keyin degan savolni berishimiz kerak boʻladi.

Oʻzimdan qiyos qilsam, mutolaada tartibsizlik bor edi, mutolaa rejali boʻldi, alhamdulillah, xarid qiladigan kitoblarimiz roʻyxati kengaydi, kutubxonamizda oʻzbek adabiyotidan nodir asarlar joy oldi. Koʻrib koʻzlarimiz faqat quvondi...

Xulosaga keladigan boʻlsam, taassurotlar ijobiy, faqat muvaffaqiyat, tavfiq tilab qolaman, Alloh niyatingizga yarasha ajr bersin, inshaalloh, loyiha yana ham kengaysin, kitobxonlar koʻpaysin. Alloh vaqtimizga baraka beraversin, biz kitob oʻqiyveraylik, «Kitoblan» loyihasi tashkilotchilariga, xodimlariga minnatdotchiligimni bildirib qolaman. Alloh sizlardan rozi boʻlsin, hammangizga yaxshilikni iroda qilsin, jazakallohumma xoyron kasiron kasiron.

Taklifim ham bor edi, inshaalloh, yana oflayn muhokamalarda birga boʻlsak, oflayn taqriz kunlarini uyishtirsak, inshaalloh, manfaatli boʻlardi.

Taqriz tanlovi uchun ojizona fikrlarimiz. Hammangizga rahmat. Hurmat bilan Eshonxoʻjayev Azimjon, «Kitoblan» ishtirokchisi.

@kitoblanuz - manzilimiz olis!